Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllanishi

Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI VA UNING ShAKLLANIShI. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Reja: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi Tayanch iboralar: tadbirkorlik faoliyati, hissadorlik jamiyati, aksiya, aksiya kursi, dividend, tadbirkorlik kapitali, asosiy va aylanma kapital, amortizatsiya, amortizatsiya normasi (me'yori). Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta'rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta'rif boshqa bir manbadagi ta'rifga muvofiq kelmasligi mumkin. Tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlik - bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog'liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo'lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi qonunida ta'riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas'uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir». Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to'lqin» - yani, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi. Birinchi bosqich dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanish davri - XVII asrda paydo bo'lgan bo'lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog'langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi. Tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyatni ajratib ko'rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo'lib, uning fikricha, iqtisodiy o'sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo'llashga bo'lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi. Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g'oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo'lg'usi tadbirkor deb hisoblashadi. Tadbirkorlik faoliyati to'g'risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta'rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qatiy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to'rtta o'zaro bog'liq vazifasini aniqlash bilan to'liq tushuniladi. 1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 74.16 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 74.16 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga