Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va asosiy belgilari. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Aksionerlik jamiyati va aksionerlik kapitali. Menejment va marketing, ularning vazifalari. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati va doiraviy aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. Asosiy kapitalning eskirishi. A D B I Yo I T L A R. Karimov I.A. - o'zbekitson iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.O'zbekiston - 1995. Karimov I.A. - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T. O'zbekiston - 200. Ekonomika.8-e izd., prererab. i dopolnennoe. - Pod red. A.S. Bulatova. -M.: Ekonomist, 2005. - 224 s. Ekonomicheskaya teoriya. - Izd. ispr. i dop. Pod obsh. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. - M.: INFRA-M, 2005. - 322 s. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2006. - 432 s. Shodmonov Sh.Sh., G'afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Fan va texnologiya». 2005. - 186 b. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. Tadbirkorlik faoliyati - foyda olish maqsadida taxlika (tavakkalchilik) bilan hamda mulkiy javobgarlik asosida va amaldagi qonunlar doirasida o'z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Hissadorlik jamiyati - ko'proq foyda olish maqsadida mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larni birlashtirishgan uyushmadir. Aksiya - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o'zining malum hissasini qo'shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'ozdir. Aksiya kursi - qimmatli qog'ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan bahosidir. Obligatsiya - uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo'yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Tasischilik foydasi - sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo'yilgan summasi o'rtasidagi farqdan iborat bo'lib, jamiyatni tasis etuvchilar o'zlashtiradi. Dividend - aksiya egasi o'zlashtiradigan daromad turidir. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINING MOHIYaTI, ASOSIY BYeLGILARI VA ShAKLLARI. Tadbirkorlik - bu resurslarni ishga solib, qilingan xarajatlarni qoplab, foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Tadbirkorlikni rivojlantirish: Kishilarning bor bo'lgan imkoniyatlarini keng foydalanish imko-nini beradi. Yangi imkoniyatlar ishga solinadi, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Iqtisodiy tashabbuskorlik kuchayadi. Kishilardagi boqimandachilik kayfiyatiga barham beriladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar bo'lishi lozim: Har bir tadbirkor o'z mulkiga ega bo'lishi, bu esa malum qaror qilish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar iqtisodiy erkinlikga ega bo'lishi lozim, yani nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish kim uchun ishlab chiqarish masalalarini o'zicha hal qiladi. iqtisodiy va sotsial sohada davlat siyosatini barqarorligi. Bozorning ochiqligi, yani tovarlarni, kapitalni, ish kuchining erkin harakat qilishi. Tadbirkorlikni huquqini himoya qiladigan qonunlarning bo'lishligi. Soliqdagi engilliklar, kreditlar berish hamda rivojlangan infrastrukturaning bo'lishligi. Byurokratizmni tugatish, yani ro'yxatga olishdagi qiyinchiliklar turli joylarga ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.95 KB
Ko'rishlar soni
512 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.95 KB
Ko'rishlar soni
512 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc