Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari

Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari Tadbirkorlik faoliyati nihoyatda xilma-xil bo'lib, unga turli nuqtai nazardan qarash mumkin. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy maqomiga ko'ra: a) jismoniy shaxslar, ya'ni yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritadiganlar. Ular patent, litsenziya asosida faoliyat yuritishadi; b) huquqiy shaxslar, ya'ni yuridik shaxs maqomiga ega holda tadbirkorlik qilish. Ular asosan turli shakldagi firmalar, korxonalar bo'lib, qabul qilgan nizomlari asosida ish yuritadilar. Mulkchilik maqomiga ko'ra tadbirkorlik faoliyati, asosan individual, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat, qo'shma mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikka bo'linadi. Ulardan har biri xo'jalik yuritish tizimida o'z o'rnini topadi. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, xarakteri, takror ishlab chiqarish jarayoni, uning asosiy bosqichlarining farqlanishiga ko'ra tadbirkorlik quyidagi turlarga bo'linadi: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, sug'o'rta, vositachilik va boshqalar. Mamlakatda amal qilinayotgan qonunlar asosida ish olib borishi yoki yo'qligiga qarab, tadbirkorlik legal-rasmiy ochiq hamda yashirin (jinoiy) - xufiya tadbirkorlikka bo'linadi. Tadbirkorlikni ish ko'lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmi, yoki band bo'lganlar soniga qarab iqtisodchilar kichik, o'rta, yirik biznesga bo'lishadi. Respublikamizda qabul qilingan «Tadbirkorlik to'g'risida»gi qonunga ko'ra tadbirkorlikni quyidagi turlari e'tirof qilinadi: - yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik; - ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan xususiy tadbirkorlik; - bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; - oilaviy tadbirkorlik; - yuridik shaxslar va fuqarolar, o'z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda eng qiyini - aniq maqsadni tanlash, uni amalga oshirishdir. U quyidagi bosqichlardan tarkib topadi. Birinchi bosqich, g'oya qidirish va uni baholash bosqichi. U o'z ichiga: a) yangi g'oyani, o'ylab qo'yilgan fikrni amalga oshirishni tashkil etish; b) g'oyani bevosita va potentsial qadr-qimmatini aniqlash; v) tavakkalchilik xatarini hamda olinishi mumkin bo'lgan foydani aniqlash; g) raqobatdoshlarning mahsuloti yoki bajarayotgan ishlari bilan taqqoslash; d) korxonaning mulk shaklini belgilash. Ikkinchi bosqich. Bisnes-reja tuzish: a) bozorni o'rganish, bozor segmentini qaysi bo'g'inini egallash rejasini, marketing rejasini tuzish; b) ishlab chiqarish rejasi; v) moliya rejasi va moliyaviy ta'minot; g) bozorga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish. Uchinchi bosqich. Shartnomalar tuzish: a) biznes-operatsiya ishtirokchilari o'rtasida shartnomalar miqyo-sini aniqlash; b) potentsial xaridorlar bilan shartnomalar; v) mehnat shartnomalari; g) resurs egalari bilan shartnomalar tuzish. To'rtinchi bosqich. Zarur resurslar ta'minoti: a) mavjud resurslarni aniqlash; b) etishmovchi resurslar va ularni potentsial yetkazib beruvchilarni aniqlash; v) zarur resurslarni jalb qilish usulini belgilash. Beshinchi bosqich. Firmani boshqarish. a) rahbarlik strukturasi va stili; b) muvaffaqiyatning asosiy omillari; v) zaif tomonlar va ularni bartaraf etish yo'llarini aniqlash. Iqtisodiy faoliyat faqat o'zi hamda oilasi uchungina daromad topish maqsadida emas, boshqalar uchun olib ham borilar ekan, u qabul ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga