Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o'ziga xos tomon-larining beqiyos darajada bir-biriga qo'shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va, nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi. Hozir jahonning ko'pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo'lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to'g'ri keladi. Davlat korxonalari ko'pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan yoki katta kapital qo'yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi. Masalan, Angliyada davlat sektori qora metallurgiya, ko'mir qazib chiqarish, aero-kosmik sanoat, aloqa vositalari, temir-yo'l transporti, elektr va gaz bilan ta'minlash kabi sohalarni qamrab oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari milliylashtirilgan chet el kompaniyalari bazasida asosan sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi. Rivojlanayotgan va rivojlangan ko'pchilik mamlakatlarda davlat kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi. Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi.Hatto biror-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko'rib o'tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo'lish mumkin: byudjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar; Huquqiy va xo'jalik mustaqilligiga ega bo'lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O'zlarining holati bo'yicha ular davlatning ma'muriy -boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlariga bevosita bo'ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydadan soliq to'lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o'tadi. Davlat ishlab chiqarish korxonalari - bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo'lib, xo'jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, yani davlat korporasiyalari o'zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi. Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo'ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to'g'risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo'jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan malum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan pul va dotasiyalar berish, chet el lisenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xom ashyo va yarim fabrikatlarni qatiy belgilangan baholarda yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta'minlanganlik va shu kabilar. Hamma vaqt korxona (firma) jamoa tadbirkorligini amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida korxona ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilishning asosiy birlamchi bo'g'ini hisoblanadi.Huquqiy nuqtai nazaridan korxona deganda yuridik shaxs huquqiga ega ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga