Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Kapital Ma'lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital harakati sarfini talab qiladi. Kapital lotincha so'z bo'lib, katta mablag', ko'p pul, boylik degan ma'noni anglatadi. Bu so'z iqtisodiy tizimda uning o'zi yaratgan ishlab chiqarish omilini ifodalash uchun ishlatiladi. Kapitalni ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodchilar ishlab chiqarish vositalari deb qarashadi. Bunday yondashuv klassik siyosiy iqtisoddan boshlanadi. A. Smit kapitalni jamg'arilgan mehnat mahsuli, D. Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan. Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr yo'q. I. Fisher kapitalni natural va qiymat shaklidan qat'i nazar boylik zaxirasidan iborat, u o'z egasiga xizmat ko'rsatib daromad olib keladi, degan. Taniqli iqtisodchilardan J. Xiks, A. Marshall, E. Bembaverk fikrlarni davom ettirib, ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig'indisini kapital deb atashgan. J. Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma'lum miqdordagi pul, degan fikrni bildirgan. P. Xeyne fikriga ko'ra kapital bu - kelajakda ne'matlar ishlab chiqarish uchun foydalansa bo'ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo'yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari (mablag'lari) kapital deb yuritiladi. Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat'i nazar, hamma qarashlarda umumiy bo'lgan bir narsani ilg'ash mumkin. Bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo'ladi. Biznes bilan shug'ullanishdan maqsad ham daromad topish. Biznesning mohiyatini quyidagi formulada ifodalash mumkin: P-T-P1. P - iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun dastlab sarf-langan pul mablag'lari. T - sotib olingan tovar (ishlab chiqarish resurslari). P1 - tovarni sotilgandan so'ng olingan, ya'ni avanslangan pulni ko'payib qaytishi, P1=P+Δn; Δn - avanslangan pulning ko'paygan qismi, ya'ni foyda. Biznes formulasi tadbirkorning faoliyatini ko'rsatib turibdi. Biznes qanday shaklda bo'lmasin daromad olish umumiy tarzda ana shunday amalga oshadi. Tadbirkor o'z pulini sarflab ishlab chiqarish resurslari sotib oladi. Agarda yakka tartibda ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo'lsa, faqat ishlab chiqarish vositalari sotib oladi. Ishlab chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratilib, bozorga chiqariladi. Ularni sotib avanslagan pulini foydasi bilan qaytarib oladi. Ishlab chiqarish biznesi formulasi umumiy biznes formulasidan farq qiladi. U quyidagicha: mehnat omili (ishchi kuchi) P - T U T1 - P1 real kapital (ishlab chiqarish vositalari) U - yangi tovarlar ishlab chiqarish jarayoni T1- ishlab chiqarilgan yangi tovar belgisi muomala to'xtab ishlab chiqarish boshlanganini resurslar ishlab chiqarish omili (unumli kapital)ga aylanganini ko'rsatadi. Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko'p. Uni bozorda sotib olingan pul P1, avvalgi avanslangan puldan ko'p, ya'ni tadbirkor olishi mumkin bo'lgan foyda miqdorida pul ko'p bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayonida talab taklif nisbatiga qarab, sof yoki qo'shimcha foyda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.59 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.59 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga