Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to'xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyidiladi. Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag'larning aylanish tezligi turlicha bo'ladi. Masalan, unumli istemolda bo'lgan xom - ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o'zining boshlang'ich shakliga qaytadi. Kapital o'zining aylanish xarakteriga qarab ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo'linadi. Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o'zining qiymatini tayyorlanayotga mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradi va ashyoviy - buyum shaklini o'zgartirmaydi. Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to'liq istemol qilinadi, o'zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to'liq o'tkazadi va ashyoviy - buyum shaklini ham yo'qotadi. Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr davomida faoliyat qiladi (masalan stanok-10 yil, bino-50-100 yil), o'zining oldingi natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab koladi. Aksincha aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) xar bir doiraviy aylanishda to'liq unumli istemol kilinadi, o'zining buyum - ashyoviy shaklini yo'qotadi va yangi turlari bilan almashinadi. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o'tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida kator yillar davomida faoliyat qiladi ularning qiymati tovarlarga qisman o'tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil davomida foydalanilsa, bunda har yili mahsulot qiymatiga stanok qiymatining 110 va bino qiymatining 150 qismi kiradi. Xom-ashyo va materiallar yoqilgi va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to'lig'icha unumli istemol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to'lig'icha o'tadi. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo'yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo'linadi; qiymatning mahsulotga o'tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo'ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o'tadi, hamda qoplash fondi shaklida asta - sekin jamg'ariladi: mahsulotga o'tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo'lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Istemol qilingan mehnat predmetlari qiymati to'la-to'kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi. Mehnat vositalari o'z aylanishi davomida bir qator izchil doiraviy aylanishlarga ishtirok qiladi, vaholanki mehnat predmetlarining aylanish vaqti bir doiraviy aylanish davriga to'g'ri keladi. qayta tiklanish usuli. qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o'tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o'z ichiga olgan muayyan davr davomida edirilib, ishdan chiqqandan keyin ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc