Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar Taklif deb, ishlab chiqaruvchilarning malum vaqt ichida tovar yoki xizmatning malum turini ishlab chiqarib qodir bo'lgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan miqdoriga aytiladi. Narx o'zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o'zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo'ladi. Bu alohida ishlab chiqaruvchi uchun 7 - jadvalda ko'rsatilgan. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko'rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o'zaro to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik taklif qonuni deyiladi. 7-jadval. Alohida ishlab chiqaruvchining mahsulot taklifi. iste'molchi uchun narxning oshishi to'siq rolini o'ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag'batlantiruvchi vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni ko'rsatuvchi 5-jadvaldagi ma'lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig'ini tasvirlash mumkin. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta'sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 1) Resurslarning narxi; 2) Ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) Soliq va dotasiyalar; 4) Boshqa tovarlarning narxi; 5) Narx o'zgarishining kutilishi; 6) Bozordagi sotuvchilar soni. Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining o'zgarishi taklif hajmining o'zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta'sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o'rtasida mustahkam o'zaro bog'liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o'g'itlar narxining pasayishi bug'doy taklifini oshiradi, yomg'irlatib sug'orish xarajatlarining oshishi makkajo'xori doni taklifini qisqartiradi. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko'payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. Soliqlar va dotasiyaar darajasi. Ko'pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to'lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxining o'zgarishi ham mazkur tovar taklifini o'zgartiradi. Masalan, qo'y go'shti narxining pasayishi mol go'shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go'shti narxining tushishi qo'y go'shti taklifini oshiradi. Narx o'zgarishini kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o'zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.95 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.95 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc