Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki mavzuda gapirgan edik. Ehtiyoj tushunchasi kishilarning hayotiy vositalariga bo'lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko'rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab - bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo'lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo'ladi, chunki narx o'zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o'zgaradi. Shu bog'liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Tovar va xizmatlarning malum turlarini iste'molchi malum vaqtda narxlarning mavjud darajasida sotib olishga qodir bo'lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar har xil bo'lib, bir xil tovar yoki xizmatlarga bo'lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi.Har bir iste'molchining, yani alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo'lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko'pchilik) iste'molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo'lgan talablari yig'indisi bozor talabi deyiladi. Individual, yani yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo'lib turmaydi, balki o'zgaruvchan bo'ladi. Talab miqdorining o'zgarishiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Ularning ichida eng ko'p ta'sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o'rtasidagi bo'ladigan bog'liqlikni quyidagi jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz. 6-jadval. Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o'rtasidagi bog'liqlik. Jadval ma'lumotlari tovarga narxning pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o'sishiga va aksincha, narxning o'sishi uning miqdorining kamayishiga olib kelishini ko'rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog'liqlik talab qonuni deyiladi. iste'molchilar malum bir tovarni uning narxi past bo'lsa, ko'proqsotib ola boshlaydi. iste'molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi to'siq sifatida namoyon bo'ladi. Bu to'siq qancha yuqori bo'lsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste'molchining xarid qilish istagini so'ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi. Real iqtisodiy hayotda bazan narxlar o'ssada ayrim tovarlarga talabning ortishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag'al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni istemol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko'rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag'al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o'sishi ro'y bersa, bunda kambag'al oila go'sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo'ladi, o'zining ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
407 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
407 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc