Talab va taklif asoslari, ularga ta'sir etuvchi omillar

Talab va taklif asoslari, ularga ta'sir etuvchi omillar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Talab va taklif asoslari, ularga ta'sir etuvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Talab va taklif asoslari, ularga ta'sir etuvchi omillar. Reja: Bozor mexanizmi va uning elementlari Bozordagi talab. Talab qonuni. Bozordagi taklif. Taklifqonuni. Talab va taklif muvozanati. 1.Bozor mexanizmi va uning elementlari Bozor - alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o'rtasidagi o'ziga xos shakldagi munosabatlar yig'indisidir. Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarishni kengaytirish mumkinmi? Ha. Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqtisodiy tizimlarda turlicha xal qilinadi. Turli tizimlarni tasniflash ikki mezonga asoslanadi : ishlab chiqarish sohasida ustuvor bo'lgan mulkchilik shakliga qarab; iqtisodiy faoliyatni boshqarish va nazorat qilish usuliga qarab quyidagi iqtisodiy tizimlarga ajratish mumkin: An'anaviy iqtisodiy tizim - tabiiy, ya'ni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishigaasoslanadi. Alohida iqtisodiy subyektning faoliyat yo'nalishi, uning ishlab chiqarish hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi. Asosiy iqtisodiy masalalar an'analarga asoslanib xal qilinadi. Zamonaviy jamiyatda an'ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi - xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyektlarning shaxsiy qiziqishlariinobatga olinadi. Sof bozor iqtisodiyoti - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvinito'liq inkor etadi. Davlat faqat o'yin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini ko'zda tutib, faoliyat olib boradilar. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim - bozor iqtisodiyotiga teskari tizim bo'lib, davlat mulkchiligiga asoslanadi, ya'ni barcha vositalar davlatga tegishli bo'ladi. Bu iqtisodiyotning xarakterli tomoni, ishlab chiqarishning monopoliyalashuvidir. Buningnatijasida ilmiy - texnik taraqqiyot ham to'xtaydi. Hozirgi kunda hech qaysi mamlakat ushbu uch tizimdan birini yaqqol o'zida namoyon yetmagan. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda yuqoridagi uch tizimning elementlarinio'zida mujassam etgan aralash iqtisodiyotni tanlaydi. Aralash iqtisodiyotda bozor iqtisodiyotiga faol ravishda davlatning aralashuvi ham qo'shiladi. Shu o'rinda bozorning infratuzilmasiva strukturasi (tarkibi)ni alohida ko'rsatish lozim. Infratuzilma - bozorga xizmat ko'rsatuvchi, uning me'yorda faoliyat borishi, tovar va xizmatlarni harakatlanishiga yordam beruvchi institutlar majmuasini tashkil qiladi. Infratuzilma o'z ichiga quyidagi elementlarni oladi : Birjalar (tovar, fond, valyuta) Auksionlar, yarmarkalar Ulgurji va chakana savdo qiluvchi korxonalar Banklar, sug'o'rta kompaniyalari, fondlar Mehnat birjasi Axborot markazlari Yuridik kontoralar Reklama agentliklari Auditorlik va konsalting firmalari Bu elementlar bir - biri bilan o'zaro bog'liq.Agar ular bir - biri bilan mutanosiblikda rivojlansa, iqtisodiyotda muvozanat bo'ladi, agarda birorta element beqarorlashsa (masalan, bank sohasi) bozor iqtisodiyotining umumiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bozor tarkibi - alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi. Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin. Bozor munosabatlarining obyektiga qarab: iste'mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom - ashyo, qimmatli qog'ozlar bozori va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 79.73 KB
Ko'rishlar soni 312 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 79.73 KB
Ko'rishlar soni 312 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga