Tarmoqli modellashtirish Reja: 1. Tarmoqli modellar to'g'risida tushuncha. 2. Tarmoqli graflar va ularni tuzish yo'llari. 3. Tarmoqli rejalashtirish masalasining algoritmi. 4. Kritik yo'lni aniqlash va tahlil qilish. Tarmoqli tahlil (setevoy analiz) - loyiha xarakteridagi, yani qoidaga ko'ra operatsiyalari takrorlanmaydigan ishlarni rejalashtirish usulidir. Ushbu usuldan operatsiyalarni bajarishning kalendar rejasini tuzishda, qurilish ishlarining bajarilishini rejalashtirishda ko'proq foydalaniladi. Tarmoqli tahlil usullari katta miqdordagi o'zaro bog'liq operatsiyalarni o'z ichiga olgan loyihalarni tahlil etishga imkon beradi. Ushbu usullar yordamida ishlar bajarilishining davom etish ehtimolligini, ularning qiymatini, vaqt va pul mablag'larini tejash kabi ko'rsatkichlarni hisoblash mumkin. Loyihani tahlil etish bosqichlari: 1. Loyihani bir qator alohida ishlarga (yoki operatsiyalarga) bo'lish, so'ngra ulardan mantiqiy sxema tuziladi. 2. Har bir operatsiyani bajarilishi davomiyligini baholash. Loyihani amalga oshirishning kalendar rejasini tuzish. 3. Har bir operatsiya-ning resurslarga bo'lgan talabini baholash. Tarmoqli model asosan grafikni tashkil etib, malum texnologik jarayonlar bo'ladigan jami ishlarning ketma-ket yoki parallel bajarilishini grafik ravishda ifodalashi mumkin. Masalan, rejalashtirish, murakkab kompleks ishlarni bajarish, inshootlar qurilishining hisob ishlarini bajarish kabi ishlar tarmoqli modellar yordamida amalga oshirilib, grafik shaklida ifodalanishi mumkin. Grafik shaklida ikki mantiqiy element - ish va hodisa tarmoqli modelni tashkil qiladi. Grafikda hodisalar aylana bilan, ishlar esa strelka bilan ifodalandi. Odatda hodisalar «uskunalar sozlanib bo'ldi», «dvigatel o'rnatildi» yoki «qurilayotgan inshoot bitdi» kabi iboralar bilan ifodalanadi. Tarmoqli grafikda «uskunani sozlash tugallanganicha yo'q», «qurilayotgan fundament hali bitmadi» kabi noaniq iboralar qo'llanilmaydi. Quyidagi 1-rasmda tarmoqli modellarga oid misollar keltirilgan. 1-chizma. Tarmoqli modellarning ko'rinishi Tarmoqli grafik asosan quyidagi uchta talabga javob berishi kerak: 1. Har qanday ikkita hodisa orasida faqat bitta ish bajarilishi lozim. 2. Tarmoqli grafikda hodisalarga boshqa birorta ish kirmasligi (dastlabki ishdan tashqari) kerak, shuningdek, hodisalardan boshqa birorta ish chiqmaydigan (tugallangan ishdan tashqari) bo'lishi kerak. 3. Tarmoqli grafikda berk kontur deb ataluvchi kontur bo'lmasligi, yani bitta yo'l ikki marta bir xil hodisadan o'tmasligi kerak. Bazi bir texnologik jarayonlarni ketma-ket ishlashda yo'l qo'yilgan xato bo'lsa, tarmoqli grafik qo'llanilganda yo'l qo'yilgan xato aniqlanadi. Tarmoqli rejalashtirish masalasining algoritmi. Bajariladigan ishlar oddiy bo'lsa, yuqorida ko'rib o'tgan grafik usuli yordamida rejalashtiriladi. Agarda bajariladigan kompleks ishlar murakkab bo'lsa (ayrim hollarda ishlar soni va mantiqiy aloqalar mingdan va undan ortiq bo'lishi mumkin), albatta EHM yordamida hal qilinishi uchun ishlarning aniq ketma-ketligi yoki algoritmi tuzib olinadi. Tarmoqli grafikning algoritmini tuzish uchun quyidagi 1-jadvaldan foydalanamiz. 1-jadval Tarmoq grafigini tuzish uchun ma'lumotlar Bu jadvalda bajariladigan ishlar va bu ishlar qaysi ishlarga asoslanib bajarilishi hamda har bir ish uchun ketadigan vaqt aniq ko'rsatilgan. 1-jadvaldagi bajariladigan ishlar va ular orasidagi aloqalarning ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.37 KB
Ko'rishlar soni
468 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.37 KB
Ko'rishlar soni
468 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: docx