Tashkiliy tuzilmalar turlari

Tashkiliy tuzilmalar turlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tashkiliy tuzilmalar turlari - rasmi

Material tavsifi

tashkiliy tuzilmalar turlari. tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog'liqlikka ega va qonuniyatlarga bo'ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to'g'ri chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi. Chiziqli Funksional Chiziqli shtabli Chiziqli funksional Shartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, Sh - shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo'limlar. Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo'g'inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita buysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog'langan bo'ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamharjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo'yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi. Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo'lmagan, bu masalalar echilishi oson bo'lgan hollarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo'lim, shirkat, kichik korxonalarda qo'llaniladi. Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo'g'inlar koordinatsiyasi puxta bo'lmaydi. Rahbar universal mutaxassis bo'lishi va unga buysunuvchi barcha bo'g'inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo'g'inlar va rahbarlar o'rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog'liq holda vujudga kelgan. Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko'rsatmalar nisbatan malakali bo'ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo'g'inlar soni ortishi bilan har bir bo'g'in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati xar bir bo'g'in o'z masalasini birinchi navbatda xal qilishdan manfaatdor bo'lishida emas, balki bitta ham bo'g'in bu masalani etarli darajada asoslangan holda va to'g'ri hal kila olmasligi, yechimlar maydalashib, to'liq bo'lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kamchiliklari qo'shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo'g'inga ega xar bir bo'g'inida ayrim muhim muammolar bo'yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi, lekin vazifalar miqdori ko'p bo'lsa. Lekin, vazifalar miqdori ko'p bo'lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari xam ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo'shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir. Chiziqli-funksional strukturada, funksional zvenolar quyi turgan bo'linmalarga o'zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taaluqli bo'lgan aniq belgilangan savollar bo'yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo'limi tsex boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo'yicha buyruq berishi mumkin, Zavodning bosh buxgalteri ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.78 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.78 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga