tashkilot tushunchasi prinsipial jihatdan yangi lahza - shaxs tomonidan yollash to'g'risidagi shartnoma doirasida o'z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi - bozor konstitutsiyasi me'yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, murakkab utilitarizm me'yoriga faqat yollash to'g'risidagi shartnoma tomonlaridan biri - uning foydasiga nazorat huquqi topshirilayotgan tomon amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini «prinsipal» yoki «topshiriq beruvchi» deb ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni - «agent» yoki «ijro etuvchi» malum darajadan ortiq bo'lgan mukofot evaziga o'z harakatlarini o'zi nazorat qilish huquqidan voz kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o'z foydaliligini ko'paytirmaydi, balki uning malum darajasiga erishishni mo'ljallaydi (cheklangan utilitarizm me'yori). «prinsipal» va «agent» o'rtasidagi munosabatlar qatiy shaklda quyidagi tenglamalar bilan yoritiladi: max EU(principal) = EU[f(Q),Q,A,S], EU(agent) = EU (Y, A, S) ≥ U, bu yerda: Q - shartnomani amalga oshirish natijasi (chiqish); Y = f(Q) - agent faoliyatiga haq to'lashning tanlangan sxemasi; A - prinsipal tomonidan qo'yilgan vazifalarni bajarish bo'yicha agent qo'llaydigan say-harakatlar; S - shartnoma tomonlariga bog'liq bo'lmagan «tabiiy» omillar. Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat tamoyillarini buzadi, chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas - maqsadlar «prinsipal»ning manfaatlari bilan belgilangan. «Agent» o'z harakatlarida o'z manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi navbatda «prinsipal»ning manfaatlarini ko'zlashi lozim. Ideal «agent» «prinsipal»ning manfaatlarini o'z manfaatlari singari qabul qiladi. Uchinchidan, ishonch me'yorini amalga oshirish bilan bog'liq muammolar ham mavjud. «Agent» «prinsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning to'g'riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «prinsipal»ga ishonmagan «agent» unga nazorat qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, «agent» «prinsipal» «agent»ning harakatlari ustidan nazorat sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga ham yoymasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto'g'ri, chunki «prinsipal» hatto «agent»ning harakatlarini o'z foydaliligini emas, balki «prinsipal»ning foydaliligini oshirishga yo'naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan malum darajada ishochsizlik bilan munosabatda bo'lishi lozim. To'rtinchidan, yollash to'g'risidagi shartnomani amalga oshirish uchun empatiya normasi talab etilmaydi. «prinsipal» mukofotning «agent» rozi bo'ladigan eng past darajasini bilishi kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham shartnoma yordamida o'zining foydaliligini oshiradigan, «simmetrik barqarorlik» (reciprocal viability) mezoniga javob beruvchi sotish to'g'risidagi shartnomadan farqli o'laroq, yollash to'g'risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir tomondan, yollash to'g'risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash nosimmitrik xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o'z huquqlarini «prinsipal»ga topshirganlik uchun to'lanadigan kompensatsiya «gorizontal bo'yicha» emas, faqat «vertial bo'yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash to'g'risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal qilingan hollarda ular o'rtasidagi munosabatlar «prinsipal»ga murojaat etish orqali tartibga solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo'naltirilmagan. Va nihoyat, qonunga bo'ysunish me'yoriga zarurat yo'q, chunki shartnomani amalga ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.02 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.02 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: docx