Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari Bozor iqtisodiyoti sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun korxona boshqaruvchilari samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa uning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir boshqaruvchidan ma'lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi tarmog'ida xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetkazilib, minglab xususiy tadbirkorlik subyektlari, ya'ni fermer va dehqon xo'jaliklari, shirkatlar va boshqa biznes tuzilmalari vujudga kelmoqda. Biznes va tadbirkorlik faoliyati esa muqarrar ravishda tavakkalchilik (risk) elementlari bilan bog'liq faoliyatdir. Tadbirkorlik - foyda olish maqsadida o'z mol-mulkini tavakkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma'lum bir xatarlar bilan bog'liq bo'ladi. Mamlakatimiz va xorijda to'plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo'lmasligini ko'rsatmoqda. Tavakkalchilik - kelgusidagi vaziyat noaniq sharoitda pirovard natija yaxshi bo'lishiga umid bog'lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo'lish (to'liq yoki qisman) xavfini o'z bo'yniga olib qilinadigan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan bog'liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib сhiqish xususiyatlariga ko'ra quyidagicha turkumlash mumkin (31-сhizma): 1. Tabiiy jarayonlar bilan bog'liq tavakkalchilik; 2. Ishlab сhiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; 3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog'liq tavakkalchilik; 4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik; 5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik; 6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktyerdagi tavakkalchilik. Tavakkalchilikni tug'diradigan xavf turlari xilma-xil bo'lib, ularning ba'zi birlari korxonaning o'z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi birlari unga bog'liq bo'lmagan tashqi omillar ta'sirida yuzaga keladi. Tashqi omillarga bog'liq bo'lmagan tavakkalchilik ko'pinсha quyidagi sabablarga ko'ra vujudga kelishi mumkin: - boshqaruv xodimlarining ishlab сhiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto'g'ri qarorlar qabul qilishi; - xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi xatoliklar; - xodimlarning o'z xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashuvi; - korxonani rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto'g'ri shakllantirish; - o'zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo'l urish; - daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik; - biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas'uliyatsiz yondashuv; - buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini aniq yuritmaslik; - bozor konyunkturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbati, iste'molсhilar xatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik. 27-jadval Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchilik turlari Bunday tavakkalchilik turlarini korxona boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin. Tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari korxona boshqaruvchilari yoki xodimlarining xatti-harakatlariga bog'liq bo'lmay, ko'pincha tabiiy (favqulodda) shart-sharoitlar ta'sirida yuzaga keladi. Har qanday qishloq xo'jaligi korxonasi tavakkalchilik bilan bog'liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma'qul bo'lgan tavakkalchilik chegarasini belgilaydi ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.44 KB
Ko'rishlar soni
490 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.44 KB
Ko'rishlar soni
490 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc