Tavakkalchilikni pasaytirish yo'llari Mavjud noaniqliklar va xatarlar tadbirkorni o'z loyihasining foydaliligini chuqur tahlil etishga, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni tejamkorlik asosida puxta sarflashga, asosiy vositalar va aylanma mablag'lardan samarali foydalanishga, baho siyosatini to'g'ri belgilashga undaydi. Aks holda korxona faoliyati inqiroz bilan yakun topishi mumkin. Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo'llari mavjud : - tavakkalchilikning paydo bo'lishidan qochish. - tavakkalchilikning ta'sirini kamaytirish. Birinchi holatda tadbirkor o'z faoliyatiga xavf tug'diradigan har qanday xatarni chetlab o'tishga harakat qiladi. Ikkinchi holatda tadbirkor tavakkalchilikning korxona ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga ta'sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi. Tavakkalchilikni kamaytirishning yo'nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak: - agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog'langan bo'lsa, bunday holatda tavakkalchilikni chetlab o'tish imkoniyati bo'lmaydi; - bir turdagi tavakkalchilikdan qochish ikkinchi turdagi tavakkalchilikni tug'dirishi mumkin; - tavakkalchilikdan qochish yuqori foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi; - tadbirkorlik faoliyati ko'lami va kutilayotgan foyda miqdori qancha yirik bo'lsa, tavakkalchilikni yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo'ladi va hokazo. Tavakkalchilikni kamaytirishda tadbirkor uning ta'sirini o'ziga olishi, taqsimlashi yoki boshqalarga o'tkazishi mumkin. Tavakkalchilikni o'ziga olish quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin: - oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni qoplovchi maxsus zaxira jamg'armalarini yaratish. - rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko'rilgan zararlarni foyda yoki aktivlar hisobidan qoplash. Oldindan rejalashtirilgan zaxira jamg'armalarini yaratish o'zini-o'zi sug'o'rtalash jarayonini anglatadi. Korxona favqulodda yuz beradigan tavakkalchilik holatlari uchun foydadan ajratma hisobiga maxsus jamg'arma (tavakkalchilik jamg'armasi) yaratadi. Masalan, yirik tadbirkorlik korxonasi uncha qimmat bo'lmagan uskunani tasodifiy xatarlardan sug'o'rtalashni maxsus sug'o'rta kompaniyasi orqali amalga oshirishni ma'qul ko'rmaydi. O'zini-o'zi sug'o'rtalash zarar ehtimoli kichik bo'lgandagina maqsadga muvofiq. Biroq zaxira jamg'armasi foyda keltirmaydigan o'lik kapital ekanligidan, tadbirkorlar bunday jamg'armani qisqartirishga harakat qiladilar. Ikkinchi holatda, ya'ni rejalashtirilmagan tavakkalchilikni o'ziga olishda tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik natijasidagi yo'qotishlarni foyda yoki aktivlardan qoplashiga to'g'ri keladi. Agar yo'qotishlar hajmi foydadan katta bo'lsa, joriy likvidli aktivlar yoki xususiy kapitalning bir qismidan voz kechishga to'g'ri keladi. Tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishning yana bir usuli bu tavakkalchilikni taqsimlash yoki birlashtirish yo'li bilan yo'qotishlarni qisqartirish hisoblanadi. Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, korxonaning aktivlarini taqsimlash yo'li bilan amalga oshiriladi. Mulk tadbirkor oilasining turli a'zolari nomiga o'tkaziladi yoki shu maqsad uchun yaratilgan korporatsiya va trast firmalari nomiga o'tkaziladi. Bunda bir maqsad atrofida birlashgan tadbirkor oilasi a'zolari yoki yaqin aloqada bo'lgan tadbirkorlar guruhi (shirkat, korporatsiya, kontsern va boshqa) tavakkalchilik qilish oqibatida ko'rilishi mumkin bo'lgan foyda va zararlarni o'zaro taqsimlaydilar. Tavakkalchilikni taqsimlash orqali kamaytirish usullaridan biri diversifikatsiyalashdir. Uning mohiyati bir-biri bilan bog'liq turli faoliyat ko'rinishlari o'rtasida kapital qo'yilmalarni va tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan iborat. Agar tavakkalchilik oqibatida bir faoliyat turidan zarar ko'rilsa, boshqasidan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
441 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
441 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc