To'lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. To'lov balansi - malum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o'rtasida bo'ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo'nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo'nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning malum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to'lov balansida o'z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to'lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to'lovlar ko'rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta'minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to'lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, yani, u moddiy nemat, xizmat, ishchi kuchi, kapital. 10-jadval Mamlakat to'lov balansining taxminiy ko'rinishi (raqamlar shartli) va valyuta bo'lishi mumkin To'lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo'linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog'liq operatsiyalar (10-jadval). Shunga ko'ra to'lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Yani, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko'rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc