To'lov balansi tushunchasi

To'lov balansi tushunchasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
To'lov balansi tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

To'lov balansi Reja : To'lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi. Kapital harakati hisobi balansi. To'lov balansining tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqliklar To'lov balansi tahlili. To'lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari. 17.1. To'lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. To'lov balansi - ma'lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o'rtasida bo'ladigan bitimlar statistik kayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo'nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-solik, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat karzini boshqarish yo'nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning ma'lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi xam to'lov balansida o'z aksini topadi. Xar qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun xam to'lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chikariladigan barcha to'lovlar ko'rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum fakat eksport yordamida ta'minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to'lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan xar qanday narsa tushuniladi, ya'ni, u moddiy ne'mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital. 10-jadval Mamlakat to'lov balansining taxminiy ko'rinishi (rakamlar shartli) va valyuta bo'lishi mumkin To'lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo'linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog'liq operatsiyalar (10-jadval). SHunga ko'ra to'lov balansi struktarasi xam ikki kismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. YA'ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko'rsatiladi. CHunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chikib ketishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi. 17.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi. Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining koldigi deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya'ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko'ra ko'prok olib keladi (-75). Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi - bu, xizmatlar (transport, sugo'rta, sayyoxlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo'lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo'lgan operatsiyalarda xam mamlakat xorijiy xizmatlarni ko'prok oladi ya'ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyoxlarga nisbatan ko'prok boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sugo'rta xizmatlarini ko'rsatish xajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sugo'rta kompaniyalari ko'rsatadigan xizmatlar xajmiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.11 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.11 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga