To'qimachilik tolalari haqida umumiy tushuncha

To'qimachilik tolalari haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
To'qimachilik tolalari haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

To'qimachilik tolalari haqida umumiy tushuncha To'qimachilik tolalari deb, chegaralangan uzunlikdagi, ingichka to'qimachilik buyumlari ishlab chiqarish uchun yaroqli bo'lgan egiluvchan jismga aytiladi. To'qimachilik buyumlarining birlamchi elementi to'qimachilik tolasi hisoblanadi. Tolalar ko'pincha kalavalarga aylantiriladi va ulardan to'qimachilik buyumlari tayyorlanadi. Mayda bo'lakchalarga bo'linmaydigan yakka tolalar (paxta, zig'ir) elementar yoki (poliamidli, poliefirli va boshq.) monoiplar deyiladi. Elementar lolalardan tuzilgan ayrim tolalar texnik (zig'ir, jut) va kompleksli tolalar (bir necha filament iplardan tuzilgan kimyoviy iplar) deb ataladi. Tolalar birlamchi to'qimachilik materiallariga kiradi va to'qimachilik tovarlarning iste'mol xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ularining asosiy xususiyatlari qalinligi, ingichkaligi va uzunligi, egiluvchan-buki-luvchanligi, cho'ziluvchanligi, yopishqoqligi, gigroskopikligini bilish muhim ahamiyatga ega. Kalavaning qalinligi tolaning qalinligiga, buyumning qalinligi esa kalavaning qalinligiga bog'liq bo'ladi hamda buyumlarning iste'mol xususiyatlariga har xil ta'sir etadi. To'qimachilik buyumlarining mustahkamligi tolalarning mustah-kamligiga bog'liq. Ularning cho'ziluvchanligi tashqi mexanik ta'sirlarga qarshilik ko'rsatishini oshiradi, ishlatish paytida esa qulayliklaryaratadi. Undan tashqari, cho'zilgandan so'ng yana joyiga qaytish xususiyati buyumlarning xizmat muddatini oshiradi. Buyumlarning momiqligiga tolalarning egik-bukikligi va yopishqoqligi sabab bo'ladi. Ularning uzunligi hamda ingichkaligi bir xil bo'lsa, sifatli tayyor buyumlar tayyorlanadi. To'qimachilik tolalari yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlaridan tashqari, yana boshqa xususiyatlari (fizik-mexanik, kimyoviy-biologik va boshq.) bilan ham ajraladi. To'qimachilik buyumlari ishlab chiqarishda tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari bo'yicha har xil bo'lgan tabiiy hamda kimyoviy tolalar ishlatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga