Tovar va uning xususiyatlari haqidagi nazariyalar Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar bo'lib, uning tarixiy va mantiqiy o'tmishdoshi umumiy tarzda «ne'mat» deb ataladi. Ne'matlar nihoyatda xilma-xil. Ularni turli jihatlariga ko'ra guruhlarga ajratish mumkin. 1. Ehtiyojlarni qondirishiga ko'ra: a) individual ehtiyojlarni qondiruvchi ne'matlar. Bularga iste'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Bu tovarlarni asosan nodavlat sektori iste'mol qiladi; b) ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar. Bular kutubxona, muzeylar, meditsina xizmati, maktab, institut, saroylar, sport komplekslari va hoka'zolar; v) ijtimoiy ne'matlar. Bular tovar bo'lmaydi, ularga jamoat xavfsizligini, aholi tinchligini saqlash, o't o'chirish, milliy mu-dofaa va boshqalar kiradi. 2. Ne'matlarni serob yoki kamyobligiga ko'ra iqtisodiy va noiqtisodiy guruhlarga ajratiladi. Iqtisodiy ne'matlar, bu iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq cheklangan ne'matlar bo'lsa, noiqtisodiy ne'matlar esa tabiat tomonidan cheklanmagan tarzda in'om etilgan. Noiqtisodiy ne'matlarni yaratish uchun hech qanday kuch sarflanmagan. Bu ne'matlar tabiatda erkin, insonning ma'lum bir ehtiyojini qondirish uchun etarli darajada (havo, suv, quyoshning yorug'ligi, issiqligi va hokazo shunga o'xshash) mavjud. Jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir bos-qichida iqtisodiy ne'matlar tovar shaklini oladi (2- bob). Ma'lumki, tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi tufayli vujudga kelgan. Tovar deb insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan ne'matga aytiladi. Ko'rinib turibdiki, tovar ikki xossaga ega: a) biron-bir ehtiyojni qondirish; b) ma'lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish xossasi. Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste'mol qiymati deyiladi. Tovarning iste'mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi. Naf deb, tovar va xizmatni iste'mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo'lmasa ham iste'mol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni iste'molini qondiradi. Naflilik shu tovarning naqadar zarurligi, sifati, kamyob yoki serobligi kabilarga bog'liq. Xizmatlar iste'mol qiymati sifatida, asosan moddiy ko'rinishga ega emas. Shuning uchun bevosita jamg'arib bo'lmaydi, balki xizmat ko'rsatish jarayonida iste'mol qilinadi. Ayirboshlanganda turli xil iste'mol qiymatlari, ya'ni bir turdagi tovar, ikkinchi bir turdagi tovarga almashtiriladi. Almashtirish uchun ular miqdorini taqqoslash kerak. Buyuk mutafakkir Aristotel (miloddan avvalgi 384-322- yillar) tenglik bo'lmasa, ayirboshlash mumkin emas, tenglik bo'lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo'lishi kerak, deydi. Odatda, har xil tovarlar ayirboshlanadi, ularning o'lchov birliklari ham har xil. Masalan, mato, deraza, guruch almashtiriladi desak, biri metrda o'lchansa, ikkinchisi dona, uchinchisi kilogrammda o'lchanadi. Demak, miqdor jihatdan ularni bir-biriga tenglashtirib bo'lmaydi. U holda tovardagi nimani taqqoslash mumkin. Boshqacha aytganda, tovarning narxi qanday belgilanadi? Bu savolga iqtisodiy nazariya uzoq vaqt javob bera olmadi XVII-XIX asrga kelib, uzoq kutilgan javob topildi. Bu tovarda mujassamlashgan qiymat bo'lib, uning ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc