Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosi. R e j a Ijtimoiy xo'jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari. Tovar va uning xususiyatlari. Tovar qiymatining miqdori. Pulning kelib chiqishi va mazmuni. O'zbekistonda milliy pul so'mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati. A D A B I Yo T L A R Karimov I.A - «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida». T.O'zbekiston. 1995 Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. - T.: «Moliya». 2002. - 174 b. Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya teoriya: 2-e izd., pererab. i dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. - 230 s. Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: Ekonomist, 2005. - 356 s. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya. - M.: TK Vebli, Izd-vo Prospekt, 2005. - 421 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chechelovoy - M.: Ekzamen, 2004. - 478 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. Natural xo'jalik - mehnat mahsullari ishlab chiqaruvchilarning o'z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Tovar xo'jaligi - bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Mehnat taqsimoti - mehnat turlari ixtisoslashadi, mahsulotning ayrim turlari ishlab chiqarishga moslashadi. Almashuv qiymati - tovarlarning almasha bilish xususiyati. Istemol qiymati - tovarning kishilarning muayyan talab - ehtiyojini qondira bilish xususiyatlari. Konkret mehnat - tovarning istemol qiymatini yaratgan mehnati bo'lib, istemol qiymatini yaratadi. Tovar - ayirboshlash uchun (bozor uchun) ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir. Pul - barcha tovarlar umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi maxsus tovar. Pul muomalasi - xo'jalik oborotida pulning doimo harakatda bo'lishi, pul o'z funksiyalarini uzluksiz bajarib turishidir. IJTIMOIY XO'JALIKNING ShAKLLARI. TOVAR IShLAB ChIQARIShNING VUJUDGA KYeLIShI VA RIVOJLANISh SABABLARI. Umuman ishlab chiqarish ikkita umumiy shaklda yuz beradi: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarish. Shunga ko'ra natural va tovar mahsuloti mavjud bo'ladi. Natural xo'jalik nima? Uning mohiyati nimadan iborat degan savolga qo'yidagicha javob bersa bo'ladi: natural xo'jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo'lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o'z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan. U xo'jalikda mahsulot ayirboshlash bo'lmaydi va ishlab chiqaruvchining o'zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Uning har kungi ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Uning o'zi ishlab chiqarish vositalarini o'zi yaratadi. Bu xo'jalikning avvali dastlabki asosi yer hisoblanadi. Keyinchalik xonaki sanoat bo'lgan - hunarmandchilik ajralib chiqadi. Natural xo'jalik bir necha tarqoq bir xil tipdagi xo'jaliklarning massasidan (yig'indisidan), yakka dehqon, oilaviy, davlat va jamoa xo'jaliklaridan iborat bo'lgan. Bu xo'jalikda ishlab chiqarish xom ashyoni olishdan boshlab to tayyor ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
468 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
468 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc