Tovarshunoslik fanining mavzusi va vazifalari

Tovarshunoslik fanining mavzusi va vazifalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tovarshunoslik fanining mavzusi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tovarshunoslik fanining mavzusi va vazifalari Tovarshunoslik so'zi tovar va shunos (o'rganish) ma'nosini ifodalaydigan so'zlardan tarkib topgan. Tovar deb, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Tovarlar qiymat va iste'mol qiymatiga ega bo'ladi. Tovarlarning iste'mol qiymatini tovarshunoslik fani o'rganadi. Tovar - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Tovarlarning iste'mol qiymati 2 tarkibiy qismdan iborat bo'ladi. Bular sifat va assotimentdir. Mahsulot sifati - mahsulotning o'z funksiyasiga ko'ra ayrim ehtiyojlarni qondirishini ta'minlay oladigan xususiyatlar yig'indisidir. Tovarlar assortimenti deb, biror belgi bo'yicha bir-biriga o'xshash tovarlar turlarining yig'indisiga aytiladi. Odatda turli o'lchov va ko'rinishdagi bir xil funktsional xususiyatlarga ega tovarlar assortimentni tashkil qiladi. Tovarshunoslik fanining rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: 1. Tovar haqidagi tushunchaning paydo bo'lish davri. Bu davr eramizdan avvalgi II asrdan boshlanadi. Hunarmand, dehqon, chorvador va boshqa qullar quldorlar uchun mahsulot ishlab chiqarganlar. Quldorlar esa bozorda tovar sifatida sotganlar. Shu davrdan boshlab quldorlar bozordan ko'proq manfaatdor bo'lish uchun tovarlar iste'mol qiymatini o'rganishga harakat qilishgan. U vaqtda fan va texnika taraqqiy yetmaganligi sababli ularning tovarlarni chuqyp o'rganishlari uchun sharoit bo'lmagan. Shuning uchun quldorlar va keyinchalik feodallar, kapitalistlar ham tovarlarning assortimentinigina o'rganganlar. 2. Tovarshunoslik ilmining shakllanish davri. Bu davr XVI asr o'rtalarida birinchi kapitalistik sanoat korxonasi-manufaktura paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakalarni zabt etish natijasida kapitalizmning paydo bo'lish chog'lariga to'g'ri keladi. Bu paytda jahon kapitalistik bozori vujudga keladi. XVI asrning o'rtalarida xalq iste'moli tovarlari va ayniqsa dorivor o'simliklar savdosi jahon bozorida keng rivojlanadi. Olimlar va ziyolilar orasida tovarlar iste'mol qiymatiga qiziqish kuchayadi. Eksport qilinadigan tovarlarni batafsil tekshirish ishlari boshlanadi. Natijada 1549 yilda Italiyadagi Paduya universiteti qoshida jahonda birinchi tovarshunoslik kafedrasi ochiladi. Bu kafedra asosan farmatsevtikada ishlatiladigan o'simliklar va hayvonot dunyosidan olinadigan xom ashyolar iste'mol qiymatini o'rganish bilan shug'ullanar edi. Tovarshunoslik ilmiga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham boshlanadi. Olimlar o'z ilmiy tadqiqotlarini kitob sifatida bosib chiqara boshlaydilar. Masalan, 1575 yilda Rossiyada rus olimlari tomonidan yozilgan Savdo kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda turli mamlakatlardan Rossiyaga keltirilgan mum, asal, yog', bug'doy va kanop tola singari tovarlarning iste'mol qiymati Qisqa tavsiflab berildi. 3. Tovarshunoslikning fan darajasiga ko'tarilish davri. Bu davr XVII acp oxirlarida sanoatning keskin burilishidan boshlangan. Bu davrda yigirish va to'qish dastgohlari, bug' dvigatellari va boshqa uskunalar ixtiro qilinishi bilan avval Angliya, so'ngra AQSH, Frantsiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar manufaktura ishlab chiqarish usulidan mashina sanoatiga o'tadilar. Natijada kapitalistik ishlab chiqarish usuli feodalizm ustidan to'liq g'alaba qozonadi. Bu davrda savdo-sotiq ishlari yanada rivojlangani tufayli tovarshunoslik ilmiga e'tibor oshadi. Ko'p mamlakatlarning universitetlarida tovarshunoslik kafedralari ochilib, ulardagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 423 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 423 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga