Tranzaksiya xarajatlari va ularning turlari

Tranzaksiya xarajatlari va ularning turlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tranzaksiya xarajatlari va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Transaksiya xarajatlari va ularning turlari Kouz teoremasini ifodalashda transaksiya xarajatlari hisobga olinmaganligi sababli navbatdagi tahlilda transaksiya xarajatlariga etibor qaratiladi. Eng umumiy ta'rifga ko'ra, «transaksiya xarajatlari» - bu mexanik tizimlardagi ishqalanish tushunchasining ekvivalenti. Bazan, «ishqalanish» atamasidan iqtisodiy agentlar o'rtasidagi bitimlarning tezkor tuzilishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni yoritish uchun foydalaniladi. Fizika bilan o'xshatmagan holda, iqtisodiy subyektlarni muvofiqlashtirish va ularning o'zaro ta'siri bilan bog'liq istalgan xarajatlar transaksiya xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Demak, transaksiya xarajatlarining ta'rifi quyidagicha bo'ladi: Transaksiya xarajatlari - bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog'liq barcha xarajatlardir. Institutsional nazariya doirasida transaksiya xarajatlarini izohlashda yakdillik mavjud emas. Bitimlar tuzishda qaerdan va nima uchun transaksiya xarajatlari paydo bo'lishini izohlashning kamida uchta varianti mavjud: transaksiya xarajatlari nazariyasining yondashuvi, ijtimoiy tanlov nazariyasining yondashuvi va kelishuvlar nazariyasining yondashuvi. Ayniqsa neoklassik iqtisodiy nazariya xarajatlarning faqat bitta turi - ishlab chiqarish xarajatlari mavjudligini nazarda tutishini hisobga olsak, yakdillikning bunday mavjud emasligi yaqqol namoyon bo'ladi. Shuning uchun transaksiya xarajatlarining mavjud bo'lishini faraz qilish neoklassikaning yo uning «qatiy negizi»ga yoki uning «himoya qobig'i»ga taalluqli fikrlarining o'zgarishi bilan bog'liq. Transaksiya xarajatlari nazariyasiga nisbatan yondashuv axborot olish uchun xarajatlar mavjud emas va shaxslar bitim to'g'risidagi axborotga to'liq ega bo'ladilar degan neoklassik fikrning o'zgarishi bilan bog'liq. Bu yerda sotuvchilar va narxlarni identifikatsiyalash xarajatlari - axborot xarajatlari mavjudligini ehtimol tutish muhim holat hisoblanadi. Bozorda sotuvchilar va xaridorlarning soni, tovarning bir xillik darajasi, ularning bozorda ishtirok etishi vaqti, bozorning geografik davomiyligi axborot xarajatlarining miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillar bo'lib hisoblanadi. Bunda oqilona tanlov modeli o'zgarmaydi, lekin unga qo'shimcha shartlar kiritiladi: bitim haqidagi qo'shimcha axborotni qidirib topish xarajatlari axborotga ega bo'lishdan kutilayotgan eng yuqori daromadga tenglashtirilishi lozim. Transaksiya xarajatlarini tahlil qilishdagi navbatdagi qadam shuni nazarda tutadiki, barcha transaksiya xarajatlari axborot xarajatlaridan chiqarilishi mumkin. Transaksiya xarajatlari almashuv to'g'risidagi axborotni olish xarajatlari bilan u yoki bu tarzda bog'langan. Masalan Robinzon Kruzo o'z faoliyatida transaksiya xarajatlariga emas, balki (ob-havo sharoitlari, turli boshoqli ekinlarning hosildorligi to'g'risidagi) axborot xarajatlariga duch keladi. Bitim bo'yicha sherikda ehtimol tutiladigan opportunistik* fel-atvorning axborot xarajatlariga bog'liqligini quyidagi misolda keltirish mumkin. Malumki, opportunizm axborotning to'liqsizligi va asimmetrikligi sharoitida alohida shakldagi maqsadli harakat hisoblanadi. Shartnoma A1 faoliyatni amalga oshirishni talab qilsin deylik, lekin, shartnoma tuzilganidan keyingi voqealar rivojini bilgani holda, tomonlar A2 harakatni bajarishimiz lozim degan qarorga kelishadi. Biroq A1 dan A2 ga o'tish oson bo'lmasligi mumkin. Olingan daromadlarni taqsimlash tartibi intensiv savdolar predmetiga aylanadi.O'z navbatida, tomonlar uchun opportunizmga asos vujudga keladi. Agar bitimni tuzishda tomonlar kontragentning xatti-harakati va bitimning ehtimoliy yakuni haqida to'liq axborotga ega bo'lganida edi, uni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.46 KB
Ko'rishlar soni 569 marta
Ko'chirishlar soni 81 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.46 KB
Ko'rishlar soni 569 marta
Ko'chirishlar soni 81 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga