Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi

Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Turkiyada moliya tizimining rivojlanishi Reja: Turkiya bank tizimi: o'ziga xos xususiyatlari va tuzilmasi. Iqtisodiyotni byudjet tomonidan tartibga solish. Turkiya bank tizimi: o'ziga xos xususiyatlari va tuzilmasi. Turkiya bank tizimi Markaziy bank, davlat tijorat va xususiy banklar tarmog'i va xorijiy banklardan iborat. 1990 yili Markaziy bank aktivlari deyarli 65 trillion turk lirasini tashkil qilib, undan 4,4 trillion lirasi - oltin va 17,5 trillioni xorijiy valyuta shaklida bo'lgan. Markaziy bank depozitlari (qo'yilmalari) 9,9 trillion turk lirasi va 32,2 trillion turk lirasii - xorijiy valyutani tashkil qilgan. U mamlakatning barcha viloyatlarida va yirik shaharlarida o'zining filiallariga ega. Yirik tijorat va xorijiy banklarning ro'yhati va aktivlari quyidagi jadvalda berib o'tiladi. 1-jadval. Turkiyadagi asosiy tijorat banklari. Manba: http:ww.tcmb.tr -Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo'limi. Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish paytida har qanday mustaqil davlat hukumatlari oldida odatda ikkita tanlov yo'nalishi turadi: yoki milliy valyuta barqarorligini saqlash uchun kurashish (ushbu holat ilg'or rivojlangan mamlakatlar uchun xos) , yoki uning suzuvchi kursini joriy etish. Birinchi holatda pul qadrini ushlab turish va inflyatsiyadan qochish uchun hukumat ta'rif stavkalari va daromadlar darajasini nazorat qilishi, past foizli kredit berishlarga yo'l qo'ymasligi lozim. Ushbu holatda doimiy ravishda jahon bozoridagi o'zining valyuta kursini nazorat qilib borishi, mamlakatdan oltin, valyuta zahiralarini olib chiqib ketilishini taqiqlashi kerak. Turk lirasini barqarorlashtirishga bo'lgan bir necha urinishlardan so'ng 1981 yildan boshlab Turkiya hukumati va Markaziy banki ikkinchi yo'ldan bordi va milliy valyutani suzuvchi kursini joriy qildi. Hozirgacha ushbu kurs deyarli har kuni ko'rib chiqilmoqda, doimiy ravishda matbuotda nashr qilinmoqda va turk lirasi boshqa mamlakatlar banklarida erkin almashtirilmoqda. Ushbu holatni quyidagi jadval orqali turk lirasini qator yillardagi o'zgarish dinamikasida ko'rib o'tamiz. 2-jadval. Turk lirasiga nisbatan AQSH dollarining kursi (ming lira). Manba: http:ww.tcmb.tr -Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo'limi. Berib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, AQSH dollariga nisbatan turk lirasining kursi taxminan 220 barobarga ko'paygan. Dastlab ushbu kurs dollarga nisbatan pasaytirilib ko'rsatilib, valyutaning real qiymati oshirilgan va bu mamlakat eksport imkoniyatlarini yaxshilanishini ta'minlagan. Keyinchalik esa milliy valyuta inflyatsiyasi sababli almashuv kursi yuqori darajalarga ko'tarilib ketgan. 3-jadval. Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2003 yillar ( foizda). Manba: http:ww.tcmb.tr - Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo'limi. Turkiya pul-kredit siyosatida 1984 yili hukumat tomonidan qabul qilingan 30-sonli «Turkiya valyuta kursini himoya qilish haqidagi qaror» muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qarorning 4-moddasida qaror qilindi: «Mamlakatga olib kirilayotgan erkin konvertatsiya qilinadigan valyo'talar cheklovlarsiz amalga oshiriladi». Turkiyadagi shaxslar o'zlari bilan valyuta olib yurishlariga ruxsat berildi. Ular o'z xoxishlariga ko'ra uni bankka, valyuta hisob-kitob raqamiga qo'yishlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.42 KB
Ko'rishlar soni 369 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.42 KB
Ko'rishlar soni 369 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga