Un, uning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari Un tortish sanoati korxonalarining geografik notekis joy-lashining yo'qotilishi, ularning yangi, ilg'or texnika bilan jihozlanishi, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilishi, uning qat'iy assortimenti belgilanganligi, unga standart tasdiqlanganligi, un tortish texnologik chizmalarining har xilligi cheklanganligi hozirgi zamon un tortish sanoatining katta yutuqlaridir. Un, asosan, bug'doy va javdardan, ba'zan arpa, makkajo'xori, suli, no'xat, soya va ba'zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag'al yoki oddiy va mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. Dag'al tortilganda don valts yoki tegirmon toshida bir yo'la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar uni olinadi. Bug'doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug'doy doni begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma yirik-maydaligiga qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un necha nav qilib tortilishiga qarab, mayin tortish bir xil navli, ikki xil navli va uch xil navli bo'lishi mumkin. Un tur va navlarga bo'linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo'ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop, makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo'linadi. Javdar uni. Javdar unining jaydari, qobig'i shilingan va elangan navlari chiqariladi. Jaydari un olish uchun javdar doni jaydar mashinasidan o'tkazilib, begona aralashmalardan, popuk va mo'rtagidan tozalanadi, keyin tortiladi. Dagal tortilgan, kul rang - oq rangli va anchagina kepakli un hosil bo'ladi. Jaydari unning kul miqdori 2% bo'ladi. Qobig'i shilingan un, jaydari undan farqli o'laroq (dom po'st shilish mashinasidan o'tkaziladi), kepak va mo'rtagi ikki barobar kam bo'ladi, chunki tortish vaqtida u butun don og'irligining 9%i miqdorida elanadi. Un nisbatan mayda va bir tekis och kul rang zarrachalardan iborat bo'ladi. Kul 'miqdori 1,5% dan ortmaydi. Elangan un - mayin tortilgan va elangan kul rangsimon oq rangli un bo'lib, u asosan, donning o'zak qismidan olinadi. Elangan unda kepak 1,2% dan oshmaydi, kuli ko'pi 'bilan 0,75% bo'ladi. Bug'doy uni. Un tortish sanoati quyidagi navlardagi bug'doy uni tayyorlaydi: krupchatka, a'lo navli un, 1-, 2-navlar va jaydari un. Krupchatka qattiq va yumshoq bug'doylar aralashmasidan tayyorlanadi. Bu un bir tekis mayda zarralardan iborat bo'lib, xamir qorilganda yaxshi ko'pchiydi, unda ko'pi bilan 0,6% kul va yopishqoqligi kamida 30%, rangi kremsimon oq bo'lib, kepagi bo'lmaydi deyish mumkin. Oliy nav un juda mayin tortilgan, deyarli qobiq aralashmagan oppoq yoki xiyol sarg'ish rangli undir. Bunda ko'pi bilan 0,55% kul va kamida 28% ho'l elim bo'ladi. 1-nav un yumshoq va qattiq bug'doyni mayin tortib olinadi. Tortilganda donning o'zak qismida ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.84 KB
Ko'rishlar soni
362 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.84 KB
Ko'rishlar soni
362 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: docx