Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar

Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar Barcha xalqaro bitimlar valyo'talarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda bo'lgani kabi valyuta bahosini yoki valyuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo'ladi. Shunday qilib, valyuta kursi - bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o'rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to'g'ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko'rsatilsa, bunga to'g'ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSH dollari 975 so'mga, 1 Rossiya rubli 32 so'mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to'g'ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o'rnatiladi. Masalan, 1 o'zbek so'mi 0,001025 AQSH dollariga to'g'ri keladi. Dunyoning ko'p mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham to'g'ri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O'zbek so'mining kursi O'zbekiston valyuta birjasida o'rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo'lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o'rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta'sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta'sir kuchiga bog'liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. 1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin so'zib yuruvchi valyuta kursi tizimi. 2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qatiy belgilangan valyuta kursi tizimi. Erkin so'zib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o'zbek so'mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (32-chizma). P D S 3 2 1 0 Dollarning qiymati Q 32-chizma. Xorijiy valyuta bozori Dollarga bo'lgan talabning kamayishi D to'g'ri chizig'ida berilgan. Bu shuni ko'rsatadiki, agarda dollar O'zbekistonliklar uchun arzon bo'lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo'ladi va bu, o'z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo'lgan talabini oshiradi. Dollarning taklifi (S) kamaysa, so'mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (yani, dollarda belgilangan so'mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko'proq o'zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Chunki, so'mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o'z navbatida o'zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko'proq o'zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo'ladi. O'zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o'zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so'mga almashtirishadi. Dollarga bo'lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so'mdagi qiymatini bildiradi. Agarda, dollarning so'mdagi qiymati oshsa, so'm qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko'rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so'mdagi qiymati pasaysa, so'm qiymatining oshganligini yoki so'mning qimmatlashganligini ko'rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.06 KB
Ko'rishlar soni 337 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.06 KB
Ko'rishlar soni 337 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga