Valyuta kursi R Ye J A Valyuta kursi Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o'rnatish kotirovkalash deb ataladi. To'g'ri kotirovkalash Teskari kotirovkalash Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko'rsatilsa, bunga to'gri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AKSh dollari 975 so'mga, 1 Rossiya rubli 32 so'mga teng va xakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to'gri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o'rnatiladi. Masalan, 1 o'zbek so'mi 0,001025 AKSh dollariga to'gri keladi. Dunyoning ko'p mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda xam to'gri kotirovkalash kabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi aniklanadi. O'zbek so'mining kursi O'zbekiston valyuta birjasida o'rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo'lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o'rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta'sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta'sir kuchiga bog'liq holda valyuta kurslarini kabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. Talab va taklifga asosan aniklanadigan egiluvchan yoki erkin so'zib yuruvchi valyuta kursi tizimi. Davlat aralashuvi asosida aniklanadigan katiy belgilangan valyuta kursi tizimi Erkin so'zib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniklanadi. Masalan, bir o'zbek so'mining AKSh dollariga almashishini karab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi Dollarga bo'lgan talabning kamayishi D to'gri chizigida berilgan. Bu shuni ko'rsatadiki, agarda dollar O'zbekistonliklar uchun arzon bo'lsa, amerika tovarlari xam ular uchun arzon bo'ladi va bu, o'z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo'lgan talabini oshiradi. Dollarning taklifi (S) kamaysa, so'mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (yani, dollarda belgilangan so'mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko'prok o'zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Chunki, so'mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o'z navbatida o'zbek tovarlarining narxi xam pasayganini bildiradi va oqibatda ko'prok o'zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo'ladi. Dollarning so'mdagi qiymati oshsa, Dollarning so'mdagi qiymati kamaysa, So'm qiymatining pasayganligini yoki kadrsizlan ganligini ko'rsatadi. So'm qiymatining oshganligini yoki so'mning kimmatlash- ganligini ko'rsatadi. Kayd etilgan valyuta kursi - bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o'rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo'lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o'zgarishi bevosita ta'sir kilmaydi. Qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layokatliligi o'zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog'liq: zaxiralarning mavjudligi; o'z xajmi bo'yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to'lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yo'kka chiqarishi mumkin. Valyuta kurslarining o'zgarishiga bir kator omillar ta'sir ko'rsatadi. Ularni qisqacha karab chiqamiz: Istemol- chilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o'zgarishi. Turli mamlakat- larda daromad- ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.69 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.69 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: docx