Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro to'lov jarayoniga xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo'ldi va rivojlanishning uzoq yo'lini bosib o'tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari o'zgardi. Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati o'sdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko'chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valyuta tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valyuta - keng manoda mamlakat pul birligini (masalan, so'm, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa manoda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi manosida qo'llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo'lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi. Mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko'paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o'zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o'rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta'minlashga qaratilgan mamlakatlar o'rtasidagi valyuta munosabatlarining yig'indisidir. xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to'lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyo'talari, xalqaro pul birliklari); 2. Valyuta kurslarini o'rnatish va saqlab turish mexanizmini; 3. Valyuta bozorining ishlash tartibini; 4. xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini; 5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini; 6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining barqaror faoliyatini taminlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Yevropatiklanish va taraqqiyot banki). Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko'rinishdagi pul vositalari ishlatiladi: - oltin, hozirda o'zining asosiy to'lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo'qotgan bo'lsada, ammo ko'pchilik valyuta zaxiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi; - jahonda asosiy o'rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valyo'talari (AQSH dollari, YeVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar); - xalqaro pul birliklari. Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo'la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.75 KB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.75 KB
Ko'rishlar soni
375 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: doc