xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari. Integratsion guruhlarga azo mamlakatlar iqtisodiyotining mikro va makro darajada o'zaro hamkorligi ushbu davlatlarning bir-biriga iqtisodiy jihatdan chuqur kirib borishida namoyon bo'ladi. Bu mezonga integratsiyaning to'rt ko'rinishini (erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqlarni) alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Jahon iqtisodiyotida Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan asosiy farqi ittifoq chegaralarida muvofiqlashtirilgan savdo-bojxona rejimini joriy etilganligini takidlab o'tish lozim. Integratsion jarayonlarning keyingi rivojlanishini eng yetuk ko'rinishlaridan biri bu - umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqining shakllanishidir. Jahon iqtisodiyotida ko'plab iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan malumki, aynan ana shu umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko'p diqqatga sazovordir (1-jadval). Jahon iqtisodiyotida erkin savdo hududi (ESX) xalqaro iqtisodiy integratsiyaning boshlang'ich bosqichi bo'lib hisoblanadi. ESXlar preferentsial hudud hisoblanib, u o'z faoliyatida bojxona va miqdoriy cheklashlardan xoli savdo tartiblariga qatiy rioya qiladi. ESXlar amalda ikki va undan ortiq davlatlarning o'zaro savdosida bojlar, litsenziyalar va kvotalarni muzlatish va asta-sekin bekor qilish to'g'risidagi bitimlarning imzolanishi natijasida shakllanib boradi. Jahon iqtisodiyotida YeI, NAFTA va MYeRKOSUR tajribasidan malumki, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga nisbatan savdo rejimini erkinlashtirish qatiy cheklangan. 1-jadval. Integratsion birlashmalarni ko'rinishlari Jahon iqtisodiyotida ESHlar o'zida ijobiy va salbiy tomonlarni mujassamlashtirgan. ESHlarning ijobiy tomonlaridan biri ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro savdo siyosatida barqarorlikni o'rnatishdir. ESHlarga azo mamlakatlar xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonini tezlashishiga yordam berib, ular xalqaro mehnat taqsimotidan samarali foydalanish imkonini beradi. Erkin savdo hududlarning salbiy tomonlaridan biri esa, ichki bozor raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi. Chunki jahon iqtisodiyotida ichki bozor raqobati milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta'sir etib, bankrotlik xavfini kuchaytirishi ham mumkin. Bundan tashqari ESXlarni yaratilishi millatlararo tartibga soluvchi tashkilotlarni tashkil etish holatlarida kuzatilmaydi. Bu esa o'z navbatida hamkorlikda qarorlar qabul qilishni sekinlashtirib, qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Biroq, xalqaro integratsiyaning boshlang'ich bosqichidagi bir qator qiyinchilik va muammolariga qaramasdan ESXlar jahon iqtisodiyotida keng tarqalishi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida Bojxona Ittifoqi (BI) huquqiy nuqtai nazardan ikki va undan ortiq davlatlar o'rtasida o'zaro uchinchi bir mamlakatga nisbatan soddalashtirilgan soliq siyosatining o'tkazilishini aks ettiradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan olganda BIni tashkil etish, bu yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va ana shu makon doirasida har qanday bojxona chegaralarini bartaraf etishni anglatadi. Jahon iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) davlatlararo tartibga solishning bu ko'rinishini biz BI qatnashchilari o'rtasida bojsiz savdoda emas, balki uning tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan boj ta'riflarini joriy qilish sohalarida ham ko'rishimiz mumkin. BIning ESHdan farqi ham ana shundadir. Bojxona ittifoqining shakllanishi unga azo mamlakatlar iqtisodiyotining ishlab chiqarish va istemol sohasidagi tarkibiy o'zgarishlarida ham o'z ifodasini topadi. Yani, talab va takliflar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx