xalqaro ishlab chiqarish hamkorligining asosiy ko'rinishlari (ixtisoslashuv, savdoni muvofiqlashtirish, qo'shma korxonalar, ilmiy-texnikaviy hamkorliklar). xalqaro ishlab chiqarish hamkorligining asosiy ko'rinishlari- ixtisoslashuv va koperatsiya asosida ishlab chiqarish va savdoni o'zaro muvofiqlashtirish sohasidagi hamkorlar qo'shma korxonalar sohasidagi hamkorlar, pudrat asosida qurilish sohasidagi hamkorlar, ilmiy texnikaviy hamkorlar va boshqalar hisoblanadi. Bu ko'rinishlar hamisha ham sof holda mavjud bo'lavermaydi. Ammo ishlab chiqarish amaliyotida firmalar biror bir mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha tarmoqlararo va tarmoq ichidagi ixtisoslashuvga asoslangan qo'shma ishlab chiqarishni tashkil etishlari mumkin. Bu qo'shma korxonalarda ilmiy ishlab chiqarish va savdo faoliyatlari uzviy ravishda birgalikda olib boriladi.xalqaro ixtisoslashuv asosidagi qo'shma ishlab chiqarish sohalar xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarini va turli mamlakatlarining firmalari o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqalar rivojining yuqori darajadaligini ifoda etadi. Xullas, jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish hamkorligining o'ziga xos belgilari quyidagilardan iboratdir: hamkorlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning uzoq muddatliligi; ishlab chiqarish kooperatsiyasining subyektlari sifatida turli mamlakatlarda sanoat korxonalarining (firmalarning) mavjudligi; kooperatsiyaning asosiy subyektlari sifatida tayyor buyumlarni va shuningdek boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyalarini pudrat asosida yanada mustahkamlash; muvofiqlashtirilgan ishlab chiqarish dasturlari asosida vazifalarning hamkorlar o'rtasida taqsimlanishi; hamkorlar o'rtasida o'zaro yoki bir tomonlama tovar yetkazib berishning xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlab chiqarish dasturlarining amalga oshirilishi bilan bog'liqligi (yani, bu odatdagidek oldi-sotdi shartnomalarni bajarish emasligi). Malumki, xalqaro iqtisodiy integratsiyada xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorliklar moliyaviy, ilmiy va moddiy resurslarni birlashtirish, ilmiy-tadqiqotchi mutaxassislardan iborat guruhlarni yoki tashkilotlarni tashkil etishlari orqali ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari bo'yicha qo'shma dasturlar ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu hamkorliklarning eng oqilona va samarali ko'rinishlari quyidagilar hisoblanadi: yangi ilmiy-texnikaviy g'oyalardan, marketing tadqiqotlaridan va iqtisodiy texnikaviy hisob-kitoblardan foydalanish maqsadida umumiy ilmiy tadqiqot markazlari, byuro va labaratoriyalarni tashkil qilish; firma ishining iqtisodiy-texnikaviy ko'rsatgichlarini oshirish maqsadida mavjud texnik texnologiyalarni takomillashtirish sohasidagi qo'shma tajribalarni o'tkazish; ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribalarini birgalikda o'rganish; ilmiy-texnikaviy siyosat masalalari bo'yicha joriy muvofiqlashtirish va maslahatlar berish; malakali tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashni tashkillashtirish va boshqalar. xalqaro iqtisodiy integratsiyada ilmiy-texnikaviy hamkorlik uchun uning ishlab chiqarishidagi samaradorligini tahlil qilish juda muhim sanaladi. Olingan ilmiy natijalarning ishlab chiqarishdagi samaradorligi ularning nazariy va texnik amaliy qiymati bilan aniqlanadi. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.78 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.78 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx