Xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar

Xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar - rasmi

Material tavsifi

xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar frantso'zlar pishlog'ini istemol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o'ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo'ladigan savol shundan iboratki, nega o'zi xalqaro savdo mavjud? Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo'li bilan ishlab chiqariladi. Ko'pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun ta'riflar, yani import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o'ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valyuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika haridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o'z maoshlarini ienlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko'tariladi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo'jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi o'rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag'ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud. Tarixan birinchi bo'lib neoklassik ta'limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetsiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida o'z aksini topgan. Ular o'z ta'limotlarida marjinalizm konsepsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, «kapitalning eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo'l-ko'lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning «mo'l-ko'lligi» yoki «kamligi» uning migratsiya sababi qilib ko'rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo'lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o'sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi. Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Harrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to'lov balansining o'zgarishi tufayli, yani aktiv savdo balansi bo'lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg'armalarning investitsiyalardan ko'pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro'y beradi. «Jamg'armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi ko'rash yoki uning oldini olish uchun «jamg'armalar» hisobiga qo'shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo bunda import oshmasligi, yani kapital chiqarish yo'li bilan hal etilishi kerak. Bu yo'nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya qilishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko'paytirish hisobiga ro'y beradi. Bu nazariya rivojlanayotgan mamlakatlarga «yordam» konsepsiyasini isbotlash uchun ham asos bo'ladi. 60-70-yillarda kapital chiqarishning «dinamik modeli» ommalashdi, unda R.Harrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga o'rinish bor. U kapital eksporti va importini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga