xalqaro mehnat taqsimoti. Reja. xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati. Ishlab chiqarish nisbiy xarajatlarining nazariyasi. XMT rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar. XMT rivojlanishining zamonaviy o'ziga xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi. XMT rivojlanishining g'arbdagi zamonaviy nazariyalari. xalqaro iqtisodiy munosabatlar mohiyati, manosini kursatuvchi asosiy ko'rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan XMTga kushilgan. Uning chuqurlashuvi ITIning katta ta'siri ostida bo'lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chikadi. xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo'shimcha iqtisodiy samara berib, o'z ehtiyojlarini eng kam xarajatlar bilan tulikrok kondirish imkonini beradi. mehnat taqsimoti nima? mehnat taqsimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differentsiatsiyasi natijasida kelib chikadi. mehnat taqsimoti turli shakllarda bo'ladi. xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro mehnat taqsimoti urganiladi. xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayoni mehnat faoliyati turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvi, o'zaro hamkorligida namoyon bo'ladi. mehnat taqsimoti fakat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, ayniqsa jahon mikyosida mehnatni birlashtirish yo'li sifatida chikadi. xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o'rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblaniadi. U alohida davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. XMT jahon xo'jaligida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda usib borayotgan rol uynamokda. U: Bu jarayonlarning o'zaro aloqasini ta'minlaydi; xalqaro sohaviy va mintaqaviy-sohaviy proportsiyalarni shakllantiradi. xalqaro mehnat taqsimoti nazariyasi burjuaziya siyosiy iqtisod klassiklari A.Smit va D.Rikardo ishlarida asoslandi va rivojlantirildi. XMTni tahlil kilar ekan, A.Smit xalqlar boyligining tabiati va sabablari kitobida (1776 y.) savdo va tadbirkorlik erkinligi zarurligini isbotlaydi. Chunki, uning fikricha, savdo erkinligini turli cheklashlar alohida mintaqalar va butun bir davlatlar o'rtasida mehnat taqsimoti chuqurlashishiga xalakit beradi. Tusiklarning yuqotilishi va xalqaro almashinuv maydonining kengayishi milliy iqtisodiyotlar ixtisoslashuviga va ularning o'zaro bog'liqligini oshirishga, umujahon xo'jaligining yuzaga kelishiga olib kelishi kerak. A.Smit keyinchalik juda mashxur bo'lib ketgan erkin savdo shiorini olga surdi (laisser-faire). A.Smit g'oyalari keyinchalik ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill ishlarida rivojlantirildi. Klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti ilmiy nazariyasidagi asosiy yutuklari deb ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi hisoblanadi Bu nazariya xalqaro savdo haqidagi iqtisodiy ta'limotning klassik asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi asosida mamlakatlar orasida ishlab chiqarish sharoitlarida farq mavjudligi haqidagi g'oya yotadi. Bunga ko'ra xar qanday mamlakatda xar qanday tabiiy va iqlimiy sharoitlarda xar qanday tovar ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin deb hisoblanadi. Masalan Shotlandiyada uzum etishtirish mumkin. Lekin uning narxi juda baland, undan olinadigan vino esa kam istemol qilingan bulardi. U yoki bu tovar ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni solishtirish, talab bo'lgan barcha tovarlarni ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.53 KB
Ko'rishlar soni
412 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.53 KB
Ko'rishlar soni
412 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx