Xalqaro savdo nazariyasi

Xalqaro savdo nazariyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xalqaro savdo nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro savdo nazariyasi xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko'rinishlari A.Smitning mutloq ustunlik nazariyasi. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. Xeksher - Olinning neoklassik konsepsiyasi hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya'ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o'rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormokda. Mamlakatlar o'z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni xal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog'liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim obyektiv sabab bilan izoxlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o'rtasida notekis taksimlanganligi. eng katta hududga ega bo'lgan yoki rivojlangan davlatlar xam barcha resurslar bilan o'zini to'lik ta'minlay olmaydi. Ular o'zlarida ortikcha bo'lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda takchil bo'lgan resurslarni import qilishga majburlar. xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki xamma mamlakatlar xam barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chikara olmaydi. YA'ni bir tovar YAponiyada arzon ishlab chikarilsa, ikkinchi tovar O'zbekistonda arzon ishlab chikarilishi mumkin. SHu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o'zaro savdo-sotikni yo'lga ko'yadilar. Bu ikki obyektiv sabab xar qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniklaydi. 90-yillarning boshlarida xalqaro savdo xajmi AKSHda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. SHu davrda O'zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo'ldi. tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an'anaviy shakli sifatida quyidagi ko'rinishlarni o'z ichiga oladi: mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg'i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; transport xizmatlari, sayyoxlik va boshqa xizmatlar. hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi; yangi ilmiy-texnik ma'lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to'gri keladi. xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma'lumotlarini ayirboshlashning barcha ko'rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o'z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo'linadi. Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish. Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chikib sotish. Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. 15.2. A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasi. SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. erkin tashqi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.84 KB
Ko'rishlar soni 783 marta
Ko'chirishlar soni 133 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.84 KB
Ko'rishlar soni 783 marta
Ko'chirishlar soni 133 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga