Xalqaro valyuta munosabatlari

Xalqaro valyuta munosabatlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xalqaro valyuta munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

xalqaro valyuta munosabatlari Iqtisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida etibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet el valyutasiga (masalan, AQSH dollari, Meksika pesosi, nemis markasi, iena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi - bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o'zgarib turishi mumkin. Valyuta kursini stabil (turg'un) qilish uchun to'lov balanslarining tengligiga erishish yo'li taklif etiladi. 30-yillargacha to'lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bo'lgan. Bu g'oyaga ko'ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning o'zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog'liq, oqibatda barcha mamlakatlarning to'lov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko'pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o'tib oldilar («Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning malum davrida amalda bo'lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQSHda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda to'lov balansini tartibga solishda asosiy etibor davlatning hisob stavkasiga ta'siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag'batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to'lov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyatsiya yo'li) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi. 60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga sabab bo'ldi, yana neoklassik yo'lga qaytildi, yani davlatning iqtisodiy, shu jumladan valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyo'talar kursining erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o'z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak edi. Ammo valyuta kursi o'zgarib turishining to'lov balansiga ta'siri cheklangan xarakterga ega bo'ladi (masalan, valyutaning «so'zib yuruvchi kursi» paytida bu narsa aniq bo'lib qoldi), chunki to'lov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq. To'lov balanslari passivi davlatning chet eldagi xarajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog'liq bo'ladi. Valyuta kursining qalqib turishining o'zi ham xalqaro valyuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. So'nggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan (fiksatsiya qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan kursdan elastik (qayishqoq) valyuta kursiga o'tib oldilar. Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chogida esa valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valyutani har qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o'ziga oladi. Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog'liq: 1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda ichki baholarning o'sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi); 2. Savdo oqimi bilan bog'liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yo'qotilishi, defitsit, yani valyuta arzonlashuvini keltirib chiqaradi. 3. Kapital ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.68 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.68 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga