xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari 1. xalqaro valyuta tizimining mohiyati va strukturasi. 2.xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. 3.xalqaro rezerv valyuta birliklari. 4. Yevropavalyuta tizimi. 5.xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari. XX asr o'rtalarida xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va valyuta munosabatlari rivojlanishi yangi kuchlanish oldi. ochiq iqtisodiyot ko'rishning umumiy tendensiyasi savdo ayirboshlashuvining tezlashishiga, xalqaro moliyalashtirishning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo'lishiga, turli mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarining kengayishiga imkon beradi. Valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog'liq, bo'lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va xizmatlar, kapital migratsiyasi, foydaning nivestitsiyalari kuchayishi, zayom va subsidiyalar berish, ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul kuchirishlariga xizmat qiladi. Valyuta munosabatlari milliy va xalq,aro darajalarda amalga oshiriladi. Milliy darajada ular Milliy valyuta tizimlari (MVT) sohasini kamrab oladi. Milliy valyuta tizimi bu valyuta qonunchiligi bilan belgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil k,ilishning shaklidir. MVTning o'ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasi va o'ziga xosligi bilan anikdanadi. Milliy valyuta tizimi kuyidagilar bilan xarakterlanadi: -milliy valyuta birligi; -rasmiy oltin va valyuta zaxiralarining tarkibi; -milliy valyuta pariteti va valyuta kursi shakllanishining mexanizmu; -valyuta kaytishi sharoitlari; -valyuta cheklanishlarining mavjudligi yoki yukligi; -davlatlarning tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibi va boshqalar. Milliy valyuta tizimlarini boglovchi zveno bo'lib valyuta kursi va paritet xizmat k,iladi. Valyuta kursi alohida mamlakatlar valyo'talari nisbati yoki malum davlat valyutasining boshqa davlatlar valyutasida hisoblangan narxini namoyon qiladi. Paritet - valyo'talarning ulardagi oltinga mos keluvchi nisbatidir. Ammo valyuta kursi amalda xech kachon paritet bilan mos kelmaydi. xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xo'jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shakli hisoblanadi. U jahon kapitalistik xo'jaligi evolyutsiyasi natijasida paydo bo'ladi va huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari kuyidagilardir: -valyuta birliklarining milliy va kollektiv zaxiralari; -xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi; -valyuta paritetlari va kurslari mexanizmi; -valyo'talarning o'zaro almashuv shartlari; -xalqaro hisob-kitob shakllari; -xalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rejimi; -valyuta-moliya tashkilotlari (XVF, XTTB va b.) ni tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi. xalqaro valyuta tizimining asosiy vazifasi - muhim iqtisodiy o'sishni ta'minlash; inflyatsiyani kamaytirish; tashqi iqtisodiy almashuv va to'lov oborotining tengligini kullab-kuvatlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iborat. xalqaro valyuta tizimi-dinamik, rivojlanayotgan tizim. U doimo uzgaradi, rivojlanadi. XVT evalyutsiyasining yo'nalishi g'arb davlatlari ik,tisodiyoti o'zgarishining ilg'or tendensiyalari, umuman jahon xo'jaligining sharoitlari va talablari o'zgarishi bilan aniklanadi. o'z rivojlanishida xalqaro valyuta tizimi mos ravishda turtta xalqaro valyuta tizimlarini namoyon qiluvchi turt bosqichni bosib utdi. Oltin ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.87 KB
Ko'rishlar soni
334 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.87 KB
Ko'rishlar soni
334 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx