Xomashyo va materiallardan optimal foydalanish modellari Reja: 1. Sanoat materiallarini optimal qirqish (bichish) modellari. 2. Dieta masalasi. 3. Aralashmalarni optimallashtirish modellari. Har qanday korxonada mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va resurslar taqchil hisoblanadi. Resurslar taqchilligi deganda - iqtisodiy subyektlardagi mavjud resurslar zahirasining shu resurslarga ehtiyoj sezgan xaridorlarning talablarini etarli darajada qondira olmasligi tushuniladi. Xomashyo va resurslar taqchilligi - bu korxonadagi biror-bir resurs hajmining malum vaqt oralig'ida chegaralanganligidir. Shuning uchun ham resurs taqchilligi, resursning fizik nuqtai nazardan chegaralanganligidan farq qilib, u nisbiydir, yani resursning hajmi hozirgi vaqtda unga bo'lgan talabni qondirish uchun etarli emas. Ishlab chiqarish resurslarini takror ishlab chiqarilishi bo'yicha ham ikki turga bo'lish mumkin: takror ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish resurslari, takror ishlab chiqarilmaydigan, fizik nuqtai nazardan chegaralangan ishlab chiqarish resurslari (foydali qazilma boyliklarni misol sifatida qarash mumkin: temir, ko'mir, oltin va hokazo). Ishlab chiqarishga turli xil sanoat xomashyolar (masalan, rulon, prokat, truba va hokazo) keltiriladi. Bu xomashyolardan mahsulot ishlab chiqarish uchun ularni zarur kattalikdagi va shakllardagi qismlarga bo'lishga yoki qirqishga to'g'ri keladi. Keyinchalik ulardan komplektlar tayyorlab, har xil detallardan bitta mahsulot tayyorlanadi. Xomashyoni qirqishda esa malum qismi chiqindiga chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun chiqindini kamaytirish, xomashyoni tejash, qirqishning optimal usullarini topish masalasi muhim ahamiyatga egadir. Qirqish rejasini iqtisodiy-matematik modelini tuzish uchun material bo'laklarining qirqilishini bir necha variantlarda hal etish mumkin. Barcha variantda zagotovkalarga bo'lgan talabni qondirgan holda umumiy chiqindilar miqdorini kamaytirish zarur. Korxonalarda xomashyo va materiallarni qirqishni ikkita mezon asosida tashkil qilish mumkin: 1. Umumiy chiqindilarni minimallashtirish mezoni. 2. Tayyor komplektlarni maksimallashtirish mezoni. Umumiy chiqindini minimallashtirish mezoni bo'yicha masalaning iqtisodiy qo'yilishi. Xomashyo yoki materialni qirqish bir necha variantlari topilgan bo'lsin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun qirqilgan detallarni kerakli miqdori malum. Masalani yechish natijasida detallarni qirqish rejasi bajarilgan holda umumiy chiqindilarning miqdori eng kam bo'lishi kerak. Masalani modelini tuzish uchun quyidagi belgilarni kiritamiz: - material bo'laklarini qirqish varianti indeksi ; - tayyorlanayotgan detallar indeksi; - j-xildagi detallarning soni; - -variantni qo'llagan holda bir-birlik material bo'lagidan tayyorlangan j-xildagi detallar soni; A - xomashyo yoki material bo'laklarining mavjud miqdori; - -variantni qo'llagan holda har bir materialdan chiqqan chiqindi miqdori; - -variantni qo'llab qirqilgan materialning (rulon, taxta, truba va boshqa shakldagi) bo'laklar soni. Umumiy chiqindilarni minimallashtirish masalasining iqtisodiy-matematik modeli. Maqsad funksiyasi - umumiy chiqindilarni minimallashtirish mezoni quyidagicha yoziladi: (1) 1) Har bir xildagi detallarning soni rejaga mos bo'lishi shart: (2) 2) Qirqilgan material bo'laklari mavjud material zahirasidan oshib ketmasligi shart: (3) 3) Nomalum o'zgaruvchilarning manfiy bo'lmaslik sharti: . (4) Tayyor komplektlarni maksimallashtirish mezoni ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.84 KB
Ko'rishlar soni
385 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.84 KB
Ko'rishlar soni
385 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx