Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati. Reja: 1. Investitsiya tushunchasi. 2. Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi. 3. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari. 4. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o'rni va roli. 5. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari. «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan kelib chiqqan bo'lib «qo'yish», «mablag'ni safarbar etish», «kapital qo'yilmasi» ma'nosini beradi. Keng ma'noda investitsiya mablag'ni ko'paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko'pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo'naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. O'zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilindi va o'tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya to'g'risida O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko'rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari, banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog'ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.Bu iqtisodiy ta'rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to'laligicha faoliyat ko'rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o'ziga va investitsiya faoliyatining obyektlariga keng ta'rif berilgan; ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog'liqligi ta'kidlab o'tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta'rifning o'zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya'ni jamg'armalar (resurslar), qo'yilma mablag'lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq, va ravshan ko'rsatib o'tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o'tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta'minlab beradi. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: Birlamchi (avaylangan) jamg'arilgan kapitalni ko'paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish; Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to'g'risida o'zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin: moliyaviy investitsiyalar; moddiy investitsiyalar; aqliy (intellektual) investitsiyalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o'ziga xos o'rni bo'ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel''lar va boshqa qimmatli qog'ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya'ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya'ni ular mulkiy shuquqlar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.99 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.99 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx