Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi. Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o'rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli usha tomonga oqib utadi. Bu xakda bevosita va portfel' investitsiyalar xajmining umumiy o'sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar xajmining ortishi, evrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar mikyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi. xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o'rinlardan birini egallar ekan, u o'z navbatida jahon xo'jaligi rivojiga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Bu ta'sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o'sish sur'atlarida o'z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muhiti mavjud sohalarini izlab, chegaralarni kesib o'tadi. xalqaro investitsiyalar ko'pchilik retsipient mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o'sish sur'atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chikqshi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi. xalqaro kapitallar migratsiyasi jahon savdosi rivojini ragbatlantirar ekan, u mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash xajmini oshiradi, jumladan, xalqaro korporatsiyalar filiallari o'rtasidagi oralik mahsulotlar ayirboshlanishini tezlashtiradi. Moliyaviy bozorlarning o'zaro integratsiyalashuv va baynalminallashuv sharoitida kapitalning xalqaro takroriy ishlab chikarilishi ta'minlanadi hamda xalqaro iqtisodiy aloqalar mexanizmining samaradorligi oshadi. boshqa tomondan esa nazorat kilinmaydigan kapitallar oqimi mamlakat to'lov balansi muvozanatining buzilishiga va valyuta kursining sezilarli darajada tebranishiga olib keladi. Deyarli barcha mamlakatlar amalda investitsiyalarning xam eksport, xam impor qiladi (chunki, BXIlar asosan TMK orqali amalga oshiriladi) yoki investitsiyalarni yetkazib beruvchi (kaerda TMK bosh boshqaruv bo'limi joylashgan bulsa) hamda kabul qiluvchi (TMK o'z shoxobchalari, bo'limlariga ega bulsa, ular BXIlar asosida harakat qilishadi) sifatida ishtirok etishadi. xalqaro kapitallar migratsiyasi bilan bog'liq oqibatlar mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirishga bevosita ta'sir o'tkazadi. Tabiiyki, ulardan kutiladigan salbiy va ijobiy oqibatlar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, o'tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun turlichadir. Ammo xar qanday sharoitda xam salbiy oqibatlarni chetlab utgan holda fakatgina ijobiy omillardan foydalanish mumkin emas. Xorijiy kapitalni jalb qilish bilan bog'liq o'ta murakkab va ziddiyatli jarayon bo'yicha olib borilaetgan davlat siyosatida bu borada ystuvor yo'nalishlarni belgilab olish lozim bo'ladi. hozirgi kunda kapitallarni jalb qilish va chetga chiqarish borasidagi salbiy oqibatlarga qaramasdan kapitalni chetga olib chiqish tendentsiyasi tobora kuchaymokda. CHetga kapital olib chiqishni faollashtiruvchi omillardan biri milliy iqtisodiyotlar o'rtasidagi usib boraetgan o'zaro bog'liqlik hisoblanadi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi kapitallar xalqaro migratsiyasiga ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.84 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.84 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx