Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar. O'zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi. Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab: daromad (foyda) solig'idan 1-yil - 25%, 2-yil - 50%, 3-yildan 100%, qishloq hududida 1-yil ozod qilinadi; mulk solig'idan 2 yilga ozod qilinadi; ishlab chiqargan mahsulotining 30% ortig'i eksportga chiqsa, 50%ga daromad (foyda solig'i), 15-30% eksportga chiqarilsa, 30% daromad (foyda) solig'idan ozod qilinadi; ishlab chiqarish bilan band bo'lsa, yer solig'idan 2 yilga ozod qilinadi. To'g'ridan to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etgan mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlari o'zlarining asosiy faoliyat turlaridagi quyidagi soliqlardan ozod etiladilar: daromad (foyda) solig'i; mulk solig'i: ijtimoiy infratuzilmani va hududiy rivojlanishni rivojlantirish solig'i; atrof-muhit solig'i; mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona soliq; yo'l fondiga majburiy ajratmalardan. Agar, xorijiy investitsiyalar xajmi: 300 00 - 3 00 00 AQSH dollariga teng bo'lsa - 3 yilga; 3 00 00 - 10 00 00 AQSH dollariga teng bo'lsa - 5 yilga; 10 00 00 AQSH dollaridan ortiq bo'lsa - 7 yilga. O'zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra neft' va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar: - ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan; - ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda bojlardan ozod qilinadi. Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa, unda, -neft' va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig'idan; - xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig'idan ozod qilinadi. yengil sanoat sohasida: - tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar QQS dan tashqari barcha soliqlardan ozod; -o'z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import qilishda korxonalar bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi. Respublikamizda ipakchilik sohasiga alohida e'tibor qaratilgandir, ya'ni pillachilikka bog'liq barcha ishlab chiqarish korxonalari 01.01.2010 yilgacha QQS dan ozod qilingan. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: docx