Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari Reja: Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari O'zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilgan imtiyozlarning ahamiyati Qo'shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni o'rni To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar. 1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari YUrtboshimiz joriy yilning 12 fevralida Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishida mamlakat real iqtisodiyotiga yỹnaltirilgan investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshganligini, 2006 yili bu kỹrsatkich 11,4 foizga ỹsib, iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bỹlib xizmat qilganligini ta'kidladilar. Iqtisodiy islohotlar izchillik bilan o'tkazib kelinayotganligi, yaratilgan qulay imtiyoz va preferentsiyalar tizimi tufayli mamlakatimizda 2006 yil holatiga ko'ra 20 milliard AQSH dollaridan ziyod miqdorda xorijiy investitsiya jalb etilgan, to'g'ridan-to'g'ri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar esa 200-2006 yillar mobaynidagina 9,3 baravar ko'paygan va endilikda 2,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Xorijiy investitsiyalar O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o'zgartishlar o'tkazish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo'lish mumkin. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimi kengayib va ortib borayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko'lamdor demokratik va bozor islohotlarining to'g'riligi hamda samaradorligi chet ellik sheriklar tomonidan yana bir e'tirof etilganligining o'ziga xos dalolatdir. O'zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalarning bir maromda faoliyat yuritishi va investorlarning huquqlari himoya qilinishi uchun me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari tỹg'risida»gi, «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tỹg'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Soliq kodeksi chet el sarmoyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tartibini belgilab beradi. Sir emaski, ỹz mablag'ini biror mamlakat iqtisodiyotiga kiritmoqchi bỹlgan chet ellik sarmoyador birinchi navbatda ỹzi uchun yaratilgan imtiyoz va engilliklarni bilishni istaydi. SHu ỹrinda «CHet el investitsiyalari tỹg'risida»gi Qonunga muvofiq chet ellik investorlar ỹz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj tỹlovi olinmasligini aytish mumkin. «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tỹg'risida»gi Qonunning 3-moddasida «agar O'zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab ỹn yil mobaynida qỹllaniladi. CHet ellik investor ỹz xohishiga kỹra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qỹllash huquqiga egadir», deyiladi. Demak, me'yoriy hujjatlar yurtimizga kirib kelayotgan xorijiy investorlarni har tomonlama qỹllab-quvvatlash, unga muqobil sharoitlarni yaratish nuqtai nazaridan ishlab chiqilganini alohida ta'kidlamoq lozim. SHuningdek, yurtimizda yaratilgan qulay ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.89 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.89 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga