Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash va tavakalchilik

Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash va tavakalchilik

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash va tavakalchilik - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy investitsiyalarni sug'o'rtalash va tavakalchilik Reja 1. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning turlari. 2. loyiha risklarini turlari 3. Investitsiya risklarini pasaytirish yo'llari va sug'o'rtalash Investitsiya faoliyatida risklar va ularning turlari. O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma'lum darajada uch guruh omillarga bog'liq bo'ladi. Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste'mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor, me'yoriy-huquqiy, axborot bilan ta'minlanish, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi. Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular xorijiy investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay afzalliklaridan foydalanish bo'yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi. Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Misol uchun, etarli darajada jalb qiluvchi bo'lmagan investitsiya sharoitlari, hatto, yuqori quvvatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi. O'tish iqtisodiyotida bo'lgan, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha sharoitlarni shakllantirayotgan davlatlar uchun investitsiya risklari risklarning muhim turlaridan biridir. SHuning uchun ham riskni, uning manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hayotiy muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Mamlakatdagi investitsiya faoliyati iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan belgilanmoqda. Investitsiya loyihalari kelajakka tegishli bo'lganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo'lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo'lgan oqibatlarga ega bo'lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb hisoblanadi. Riskni ma'lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahiralarni yo'qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo'shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Risk (grekcha ridsicon, ridsa so'zidan olingan bo'lib, yo'qotish, qoya degan ma'noni anglatadi)-bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo'lib qolish ehtimolidir. O'tish iqtisodiyotida bo'lgan mamlakatlar uchun investitsiya risklari turlarini baholash. Izoh: * - eng kam xatar, ** - o'rtacha xatar, ** - yuqori xatar. Manba: ETTB va Jahon banki tahliliy materiallaridan foydalanilgan holda baholandi. 2. loyiha risklarini turlari Loyiha riski - bu investitsiya loyihasini amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig'indisidir. Risk, boshqacha qilib aytganda, kutilishi mumkin bo'lgan xatar - bu investitsiyadan mo'ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo'lgan noumidsizlikdir. SHu bilan birga potentsial investor tomonidan qo'yilgan pul mablag'larini yo'qotish mumkinligi hamdir. Risk tushunchasiga juda ham yaqin bo'lgan noaniqlik tushunchasi ham mavjud bo'lib, u riskning aniq turlarini tasniflash uchun risk atamasining sinonimi sifatida qo'llaniladi. Noaniqlik deganda, investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni to'la yoki aniq emasligi tushuniladi. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika va texnologiyalardagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.69 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.69 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga