Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning zarurligi

Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning zarurligi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning zarurligi - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obyektiv zarurligi Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo'lidagi to'siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur'atlar bilan o'smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo'yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o'sib, 2007 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo'lib, ular 870 mingta xorijiy shu'ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o'z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o'rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to'liq aks ettirilishini taqozo etadi. O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O'zbekiston Respublikasining CHet el investitsiyalari to'g'risida, CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'grisida, Investitsiya faoliyati to'grisidagi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o'zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi. CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. CHet el investitsiyalari to'g'risidagi Qonunga ko'ra O'zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo'lishi mumkin: chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma'muriy yoki hududiy organlari; davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo'lgan xalqaro tashkilotlar; chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko'rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; chet el davlati fuqarolari bo'lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 2007 yilda davlatimiz rahbari ta'kidlab o'tganidek, 2007 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1 millard AQSH dollaridan ko'proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo'ljallanmoqda. Bu mablag'ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bunda to'g'ridan - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.19 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.19 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga