Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari

Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari Reja: 1. Xorijiy investitsiyalarning turlari. 2. Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning obyekti va subyekti 3. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiya. Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar ko'lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya'ni xalqaro investitsiyalar ko'rinishiga ham ega bo'ladi. xalqaro investitsiyalar - jahon mamlakatlari o'rtasida harakatda bo'lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o'rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo'jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo'jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o'rtacha yillik o'sish sur'ati 30%dan oshadi. Bu ko'rsatkich jahon savdosi o'sishi sur'atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. xalqaro investitsiyalar o'zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamgarilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo'ladi. Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi. Quyilish obyektiga karab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real investitsiyalar (kapital kuyilmalar) - pul mablag'larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog'liq bo'lib, kupchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. SHuning uchun shaxsiy mablag'lar bilan birga karzga olingan mablag'lar xam foydalanilishi mumkin. Quyida keltirilgan 2-chizmada xorijiy investitsiyalarning tasniflanish belgilari keltirilgan. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari bo'yicha tasniflanadi. Joriy faoliyatning yo'nalishlari bo'yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aktsioner jamiyatlar namoyon bulsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo'ladi. Investitsiyalash maqsadlari bo'yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o'z oldiga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo'yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki ularning ustav kapitalininn katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar. Portfel' investorlar dividend va foiz shaklida daromad olish maqsadida o'z kapitalini turli moliyaviy vositalarga joylashtiradilar. Rezidentlikka tegishliligi bo'yicha investitsiyalar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi. Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Fan-texnika taraqqiyotini tezlashuvi bilan intellektual salohiyat ishlab chiqarishni eng ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.31 KB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.31 KB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga