Xorijiy investorlar huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari Reja: O'zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari. O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari. Investitsiya shartnomalari. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning o'rni beqiyosdir.Bunda ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o'rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta'minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo'lgan. O'zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta'minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to'qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog'i hamda boshqa yo'nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e'tibor berilmoqda. eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 70 foizdan ortig'i ishlab chiqarish obyektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo'naltirildi. ¤zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortdi. Ularning 76 foizi to'g'ridan-to'g'ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir.Investitsiya dasturi doirasida o'tgan yili 300 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi nihoyasiga etkazildi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ziyod yangi korxona barpo etildi. qo'shma korxonalar birinchi galda yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlarda - yengil, oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo va neftkimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida tashkil etilayotgani e'tiborga loyiqdir. Hozirgi kunda Respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to'g'ri kelmoqda va ularning eksport hajmidagi ulushi o'tgan yili 60 foizni tashkil etdi. Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi CHet el investitsiyalari to'g'risidagi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o'zgartish va qo'shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz, qaerda sharoit bo'lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo'lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.38 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.38 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: docx