Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar. Yalpi talab - bu barcha iste'molchilar, yani aholi, korxonalar va davlat narxlarning o'rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo'lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmini bildiradi. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo'lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo'lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda ishlab chiqarishning real hajmiga yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo'ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga olib keladi. Narx darajasi va talab bildirgan milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi bu teskari bog'liqlik 1-chizmada aniq ifodalangan. Bu yalpi talab hajmiga ta'sir etuvchi narxdan tashqari omillar quyidagilardir: 1. iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar. Narx darajasining o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta'sirida iste'molchilar xaridi hajmida o'zgarish ro'y berishi mumkin. Bu iste'molchi farovonligi, iste'molchining kutishi, iste'molchining qarzlari va soliqlarning o'zgarishi natijasi hisoblanadi. iste'molchining farovonligi iste'molchi ega bo'lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligasiya) hamda uy va yer kabi ko'chmas mulklarga egaligiga bog'liq bo'ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. iste'molchilik sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflari o'sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o'zgarmay qolganda iste'molchi farovonligining o'sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda iste'molchi farovonligining pasayishiga olib keladi. iste'molchining kutishi. iste'molchilik sarflari hajmidagi o'zgarish, iste'molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o'zgarishlarni oldindan bilishiga bog'liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o'zlarining real daromadi ko'payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko'proq qismini sarflashga tayyor bo'ladi. Natijada bu davrda iste'molchilik sarflari ko'payadi, jamg'arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o'zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste'molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyasiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste'molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi istemol miqdorining kamayishiga olib keladi. iste'molchi qarzlari. iste'molchi qarzlari ko'p bo'lganda, u joriy daromadini qarzlarga to'lab, o'zlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste'molchi qarzdor bo'lmasa, ular bugungi sarflarini ko'paytirishga tayyor bo'ladi. Soliq. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
439 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
439 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: doc