Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanatlik hamda uning o'zgarishi

Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanatlik hamda uning o'zgarishi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanatlik hamda uning o'zgarishi - rasmi

Material tavsifi

Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta'sir qiluvchi omillar. Yalpi taklif - mavjud narx darajasida sotish mumkin bo'lgan, sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo'lgan o'rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko'rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo'shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag'bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bog'liqlik mavjud bo'ladi. Bu bog'liqlik taklif egri chizig'ida aniq aks etadi. Yalpi taklif egri chizig'i uchta kesmalardan iborat. I. Yotiq kesma. Rasmdagi Qt nuqta to'liq bandlilik sharoitida milliy ishlab chiqarish hajmining potensial darajasini ko'rsatadi. Yotiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmidan ancha kam bo'lgan ishlab chiqarishning real hajmini o'z ichiga oladi. Bu kesma iqtisodiyot chuqur tanazzul yoki depressiya holatida ekanligini, ko'plab mashina, uskuna va ishchi kuchi foydalanilmayotganligidan guvohlik beradi. Foydalanilmayotgan resurslar harakatga kelishi mumkin, lekin bu narx darajasiga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Bu kesma yana ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovarlar va resurslarga narx eski darajada qolishini bildiradi. Shunday qilib yotiq kesma milliy ishlab chiqarish hajmi o'zgarganda ham narx darajasi doimiy qolishini ko'rsatadi. II. Q va Qt nuqta o'rtasidagi oraliq kesma milliy ishlab chiqarishning real hajmining ko'payishi, narx darajasining o'sishi bilan birga borishini ko'rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to'liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo'shimcha ishchilar ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko'ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo'lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko'payishi narxlarning o'sishi bilan birga boradi. II. Tik kesma iqtisodiyot o'zining to'liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko'rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to'xtovsiz oshib borishi xam ishlab chiqarish real hajmining ko'payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot to'liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo'lib qolishi, narx darajasi esa o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadi. Yalpi taklif hajmiga ta'sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o'zgarishi yalpi taklifning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o'zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o'zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig'i joyini o'zgartiradi. Yalpi taklifga narxdan tashqari ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.98 KB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.98 KB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga