Yalpi talab va yalpi taklif

Yalpi talab va yalpi taklif

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Yalpi talab va yalpi taklif - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: YaLPI TALAB VA YaLPI TAKLIF Reja: 1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar 2.Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta'sir qiluvchi omillar Mazkur darslikning 7-bobida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, talab va taklif qonunlari hamda ular o'rtasidagi muvozanatlik masalalari bayon etilgan edi. Lekin unda talaba va o'quvchilarning tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va xizmatlarning alohida olingan turlari bo'yicha ko'rib chiqilgan edi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, yani makroiqtisodiyot darajasida o'rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chet el iste'molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo'yicha talabi va taklifini o'rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo yaxlit olingan ko'rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko'rsatkichlari bo'lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta'sir etuvchi omillar, ular ta'sirida narxlar darajasining o'zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o'rnatilishini bayon etiladi. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o'sishini ta'minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) - barcha iste'molchilar, yani aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo'lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha iste'molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo'lgan talablari yig'indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo'ladi: shaxsiy istemol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istemol qiladigan ishlab chiqarish omillari - yer, kapital va ishchi kuchi. Istemol tovarlari turli-tuman moddiy, ma'naviy tovarlar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, turli ko'rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo'lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg'i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo'ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog'liq bo'ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-chizma). 15.1-chizma Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog'liqligi Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo'ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o'zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o'zgarmagan holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo'ladi xolos. Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta'sirida o'zgarib turadi. ta'sir qiluvchi omillar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.16 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.16 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga