Yevropa Ittifoqining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari

Yevropa Ittifoqining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Yevropa Ittifoqining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

YevropaIttifoqining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari. YevropaIttifoqi rivojlanishining birinchi bosqichi davrida. O'tgan asrning 50-yillaridan so'ng ro'y bergan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy voqealar G'arbiy Yevropamamlakatlari iqtisodiyotida integratsion guruhlarning tarkib topishiga zamin yaratdi. Ushbu ittifoqni tashkil topishida 1960 yil 9 mayda Germaniya va Fransiya o'rtasida ko'mir va po'lat ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishni taklif etgan Fransiya tashqi ishlar vaziri R.Shumanning taklifini alohida takidlab o'tish joizdir. UmumYevropaintegratsion hamkorligining tashkil topishida Marshall rejasi (1948 yil) ham malum ahamiyatga ega bo'ldi. Bu reja doirasida G'arbiy Yevropadavlatlari o'zlarining xo'jalik hayotini tiklash va qayta qurish uchun AQSHdan juda katta (12,4 mlrd.AQSH dollari) moddiy yordam olgan edi. Bundan tashqari 1949 yilda sobiq SSR boshchiligida Sharqiy Yevropadavlatlarining O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining (O'IYoK) tashkil topishi ham G'arbiy Yevropamamlakatlarini milliy xo'jaliklarini bir-biriga yaqinlashishiga (integratsiyalashuviga) turtki bo'ldi. Va nihoyat, muctamlakachilik imperiyaning (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqalarning) emirilishi sobiq metropol davlatlarning qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlanishiga ham olib kelgan edi. Shunday qilib, 1961 yilning aprelida ko'mir va po'lat bo'yicha Yevropabirlashmasini (KPYeB) tasis etish haqida Parij shartnomasi imzolandi. Ushbu tashkilotga BYeNILYuKS davlatlari - Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, GFR, Fransiya, Italiya kabi kapitalistik davlatlar azo bo'lib kirdi. 1955 yilning iyunida bo'lib o'tgan Messin (Fransiya) anjumani qarorlari ham G'arbiy Yevropamamlakatlarida integratsion jarayonlarning rivojlanishida muhim rol o'ynagan edi. Ushbu anjumanda G'arbiy Yevropaintegratsiyasining istiqbollari belgilab olindi. Bundan maqsad G'arbiy Yevropamilliy xo'jaliklarini birlashtirish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy boshqaruvni muvofiqlashtirish orqali Yevropaumumiy bozorini shakllantirish edi. YevropaIttifoqi rivojlanishning ikkinchi bosqichi davrida. YevropaIttifoqi rivojlanishining ikkinchi yirik tarixiy bosqichi 1957 yilning martida Bojxona ittifoqi (BI) va qishloq xo'jaligi sohasida umumiy siyosat olib borishga asoslangan YevropaIqtisodiy Hamjamiyatini (YeIH) tashkil etish to'g'risidagi Rim shartnomasining imzolanishi bo'ldi. Shu yili atom energetikasi bo'yicha YevropaHamjamiyati (YeH) tashkil topdi. Rim shartnomasining kuchga kirishi bilan ko'mir va po'lat bo'yicha Yevropabirlashmasi, YevropaIqtisodiy Hamjamiyati va Yevroatom tashkilotlari birlashdi. Yuqorida zikr etilgan olti mamlakat - Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, GFR, Fransiya va Italiya YeIHga azo bo'lib kirdi. Ushbu hujjatlar integratsion jarayonlarni rivojlantirishga doir asosiy yondashuvlarni, yani, to'rtta erkin makonni (tovarlar va xizmatlar ko'rsatish; kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishi makonlari) yaratish imkonini berdi. 60-yillarda YevropaIqtisodiy Hamjamiyati tashkilotining davlatlararo muvofiqlashtiruvchi organlarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirildi. Vazirlar kengashi, YevropaKomissiyasi va Yevropasudi tashkil topdi. YevropaIttifoqi rivojlanishining uchinchi bosqichi davrida. 1969 yilda Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo'lib o'tgan majlis YeI tarixida ikkinchi bosqich tugab, uchinchi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi. Bu davrni Bojxona ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.06 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.06 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga