Yoqilg'i, yonilg'i va yoritish kerosini

Yoqilg'i, yonilg'i va yoritish kerosini

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Yoqilg'i, yonilg'i va yoritish kerosini - rasmi

Material tavsifi

Yoqilg'i, yonilg'i va yoritish kerosini Uy-ro'zg'orda sakkiz xil kimyoviy tovarlar ishlatiladi: yoqilg'i, yonilg'i va yoritish kerosini, yog'lash moylari, kir yuvish vositalari, tozalash, sayqallash hamda dog'ni ketkazish vositalari, lok-bo'yoqlar, yelimlar, , madaniy o'g'itlar. Ko'mirlar. O'zbekistonda ko'mir konlari, asosan Angren, Olmaliq, Sariosiyo (Sharg'un shahri) va Boysun tumanlarida joylashgan. Ko'mirlar issiqlik berish quvvati bo'yicha har bir kilogrammi yonganda 11,3-18,8 MJ (megajoul) issiqlik beradigan qo'ng'ir. 19,7-20,5 MJ issiqlik beradigan toshko'mir va undan yuqori miqdorda issiqlik beradigan antratsitlarga bo'linadi. Yirikligi bo'yicha 50-. li taxta-yirik, 50-. li yirik, 25-. li yong'oq kattaligidagi va 13-. li mayda aralash turlarga bo'linadi. Namligi bo'yicha 15,25-28 va 32-40%li turlarga bo'linadi. Namlik ko'mirlamina issiqlik berishini pasaytiradi. Веnzin. Bu yengil uglevodorodlar (C5H12-C10H22) aralashmasidan iborat, uchqundan alangalanadigan yonilg'idir. Benzin O'zbekistonda Oltlariq, Farg'ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani) neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi. Benzin portlash kuchi (detonatsiya qobiliyati) bo'yicha 72,76 va 93 oktan sonli turlarga bo'linadi. Oktan soni uni portlash qobiliyat bo'yicha izooktan C8H18 (portlamaydigan) va geptan C7H16 (portlanuvchi) aralashmasining portlash kuchiga tengligini ko'rsatadi. 76 va 93 markali benzinlami portlash kuchini pasaytirish uchun tetraetilqo'rg'oshinning Rb(C2H5)4 bromli etildagi C2H5Br eritmasi ishlatiladi. Solyarka. Bu havoning siqilishi natijasida harorat 500- ga ko'tarilganda yonadigan dizel yonilg'idir. Sifati setan soni bilan aniqlanadi. Bu son solyarkani alangalanish qobiliyatini ko'rsatib setan CH3(CH2)14CH3 va metilnaftalin CH3C10H8 aralashmasini alangalanish quvvatiga teng bo'ladi. Traktorlar uchun setan soni 40-45 bo'lgan solyarka ishlatiladi. Yoritish kerosini. Molekulasi o'rta uzunlikda bo'lgan uglevodorodlardan (C10H22-C17H36) tashkil topgan yoritish suyuqligidir. Tutunsiz alangasining balandligi bo'yicha mm hisobida kerosin K-20, K-22, K-25 va K-30 markalarga bo'linadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.92 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.92 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga