Zaxiralarni boshqarish modellari Reja: 1. Zaxiralarni boshqarishning asosiy modeli. 2. Tovar zaxiralarini tartibga solishning asosiy tizimlari. 3. Buyurtma beriladigan tovarlarning iqtisodiy foydali o'lchamlari modeli. Iqtisodiy holat o'zgarishining oqibatlaridan biri bo'lib, barcha turdagi korxonalar mavjud zaxiralarni, shu jumladan, xomashyo va materiallar, pirovard mahsulotlar zaxiralarini boshqarish va saqlash siyosatini qayta ko'rib chiqishlariga olib keladi. Agar qandaydir korxona tovar zaxiralariga esa bo'lsa, unda ushbu tovarlarga sarflangan kapital muzlatiladi, yani kapital harakatdan to'xtaydi. Ushbu kapitaldan foydalanib bo'lmaydi, u korxona uchun to'lanmagan foizlar yoki investitsiyani amalga oshira olmaslik imkoniyatlari shaklidagi yo'qotilgan qiymat ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari zaxiralarning mavjudligi malum xarajatlarni keltirib chiqaradi, chunki zaxiralarni saqlash uchun alohida sharoitlar yaratish va zarur maydonlar ajratish kerak; zaxiralarni boshqaruvchi xodimlarga ish haqi to'lash lozim; zaxiralar sug'o'rtalangan bo'lishi lozim va h.k. Shu munosabat bilan istalgan korxonaning maqsadi bo'lib, imkon darajasida kamroq zaxiralarni saqlash hisoblanadi. Biroq, boshqa holatlarni ham ko'zda tutish lozim. iste'molchilar tomonidan mahsulotga bo'lgan talab ko'p hollarda noaniqlikka ega. Shuning uchun ham zaxira darajasi qanchalik kam bo'lsa, mahsulotning taqchil bo'lish (yetishmasligi) ehtimoli ham ortib boradi. U yoki bu mahsulotning taqchilligi o'z-o'zidan korxona uchun ishlab chiqarish sohasida ayrim zararlarni keltirib chiqaradi yoki potentsial mijozlardan ayrilishga olib keladi. Zaxiralarni boshqarish modellari. Zaxiralarni boshqarishning klassik masalasi Tovar zaxiralarini boshqarish masalasi deganda shunday optimallashtiruvchi masala tushuniladiki, unda quyidagi axborotlar mavjud bo'ladi: tovarni yetkazib berish to'g'risida; tovarga bo'lgan talab to'g'risida; tovar zaxiralarini saqlash shartlari va xarajatlari to'g'risida; optimallashtirish mezoni to'g'risida. Avvalo tashqi yetkazib beruvchidan detallar hajmiga buyurtma berish bilan bog'liq yoki detallar hajmini ishlab chiqarish bilan bog'liq zaxiralarni boshqarish muammosini ko'rib chiqamiz. Bu holatda ishlab chiqarishni tashkil etish yoki buyurtmalarni berish siyosati bo'lib, umumiy xarajatlarni minimallashtirish hisoblanadi. Agar korxonalarda zaxiralarni boshqarish tizimi etarlicha murakkab bo'lsa, uni modellashtirishda imitatsion usullardan foydalanish mumkin. Har bir holat uchun modellashtirish jarayonining maqsadi bo'lib, qaror qabul qiluvchi shaxsga bazi mezonlarni hisobga olgan holda zaxira darajasi va uni keltirish muddatlarini aniqlashga yordam berish hisoblanadi. Zaxiralarni boshqarishning istalgan tizimida buyurtmalarni berish modelning siklliligiga mos ravishda o'zgaradi. Zaxiralar darajasining kamayishi jarayoni mos keluvchi talab modeli asosida aniqlanadi. Zaxiralarni to'ldirish uchun ayrim nuqtalarda yangi buyurtma beriladi. Ayrim vaqt o'tgandan keyin, yani yetkazib berish vaqti deb ataluvchi vaqtdan so'ng, buyurtmalar qabul qilinadi va zaxiralar darajasi ortadi. Bundan so'ng esa zaxiralarning yangi sikli boshlanadi. (1-rasm). 1-rasm. Zaxiralarni saqlashning standart modeli Zaxiralarni boshqarish asosiy modelining shartlar tizimi. Modellashtirish jarayonini osonlashtirish uchun modelga bir qator shartlar kiritiladi: 1. Mahsulotga bo'lgan talab doimiy yoki doimiyga yaqin bo'ladi. Agar zaxiralardan foydalanish koeffitsiyenti doimiy bo'lsa, unda zaxiralar darajasi ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.22 KB
Ko'rishlar soni
473 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.22 KB
Ko'rishlar soni
473 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: docx