Biznes reja tushunchasi

Biznes reja tushunchasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Biznes reja tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Biznes-reja tushunchasi Biznes-reja-bu shunday hujjatki, firmaning unda o'z ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qo'llashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk) ni kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat kurashida yutib chiqish kabi ko'rsatkichlarning loyihasi o'z aksini topadi. Beznes-reja korxona (firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga firma taraqqiyotining umumiy konsepsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini birmuncha batafsil bayon etadi, aniq-tayin chora-tadbirlarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Boshqacha qilib aytganda, biznes-reja tadbirkor uchun go'yo bir ish qurolidir, aniqrog'i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o'z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga: o 'sib borishga bozorda yangi mavqelarni qo 'Iga kiritishga; o'z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga; yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga; yangi mo'ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi; Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib boradi. Biron-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g'oyasini rejasiz amalga oshirib bo'lmasligini xorijiy biznesmenlar allaqachon tushunib etganlar. Bu yerda gap awalgi besh yillik rejalarimiz haqida bormayapti. Xorijiy mamlakatlarning Besh yillik rejalari butunlay boshqacha usulda tuziladi. Ularni biznes-reja deb yuritishadi. Agar o'z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlaydigan bo'lsangiz, tez kunlar ichida inqirozga uchrab, sinishingiz turgan gap! Hayron qolmang, chunki jahon amaliyotidan bizga ma'lumki, biznes-reja ishbilarmonning hammasi uchun juda zarur, go'yoki suv bilan havodek. Nega deganda, biznes-reja-bu shunday narsaki, uning yordamida siz ko'p ishlarni bajarishga qodirsiz. Masalan, siz o'z loyihangizni amalga oshirmoqchi yoki sotmoqchisiz. Buning uchun esa sizga lozim bo'lgan mablag'ni bankdan qarzga olish paytida bankirni o'zingizning biznes-rejangizdan xabardor etishingiz shart. Bundan tashqari, bu narsa, o'z kelajagini bilishni xohlagan va o'z vazifasini aniq hamda puxta tushunish niyatida yurgan kasbdoshlaringiz, to'g'rirog'i xodimlaringiz uchun ham, eng avvalo yuqorida ta'kidlaganimizdek o'zingiz uchun ham juda keraklidir. Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo'libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan awal loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo'lishlari kerak. Ular 26 sarmoya berish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o'rganib chiqishadi. Shundan so'ng ular loyihani ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar. Korxona o'z faoliyatini biznes-rejasiz boshlar ekan, u albatta inqirozga uchrashi muqarrar. Muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qilishga hamda uning istiqboldagi rivojlanishiga xolisona va obyektiv baho berishga yordam beradi. U muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga, shuningdek korxona boshqaruviga aloqador bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga