Biznes uchun pulni qayerdan olsa bo'ladi

Biznes uchun pulni qayerdan olsa bo'ladi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Biznes uchun pulni qayerdan olsa bo'ladi - rasmi

Material tavsifi

Biznes uchun pulni qayerdan olsa bo'ladi Bugun tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar ko'p. Qolaversa, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida keng sharoitlar yaratilmoqda. Biroq bu sohaning ham o'ziga yarasha pastu balandlari bor. Avvalo biznes boshlash uchun ma'lum miqdorda mablag' kerak bo'ladi. Uni qayerdan olsa bo'ladi. Quyida ana shu mavzuda so'z yuritamiz. Boshlang'ich kapital: shaxsiy mablag'ga suyansa bo'ladimi yoki Biznesni boshlashdan avval boshlang'ich kapitalga ega bo'lish muhim sanaladi. Hech bo'lmaganda dastlabki xarajatlar uchun. Firma ochish (yakka tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish), patent yoki litsenziya olish xarajatlari, ofis yoki sex uchun binoni ijaraga olish, uni jihozlash, va h.k. Bunda yaxshi niyatlar bilan yig'ib yurgan mablag' yoki kutilmaganda yaqin qarindoshingizdan qolgan meros asqotsa ajabmas. Xullas, boshlang'ich kapitalingiz bo'lsa, juda yaxshi. Ammo yetarmikan. Axir biznesning yozilmagan bir qoidasi bor: katta foyda olish uchun ko'proq pul tikishga to'g'ri keladi. Yangi asbob-uskunalar keltirish, malakali mutaxassislarni jalb qilish, biznesni kengaytirish degandek Bunday paytda qulay shartlar asosida berilishi mumkin bo'lgan kredit ayni muddao. Istalgan summadagi kreditni imtiyozli olish mumkinmi? Kichik biznes subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishi endilikda hech kim uchun sir emas. Ammo qaysi bankda va qancha miqdorda? O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Portalida bu savolga quyidagicha javob berilgan. AT Mikrokreditbank tomonidan imtiyozli mikrokreditlar Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-sonli Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risida Nizomga asosan ajratiladi. Ushbu Nizomga ko'ra, Boshlang'ich sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar: · yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan dehqon xo'jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda; · mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan) eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda; · fermer xo'jaliklari uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda ajratiladi. Faqat yangi ish boshlaganlarga beriladimi? Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun buyurtma bergan tadbirkorlarga beriladi. Mikrokreditlarning foiz stavkasi - yillik 3 foiz miqdorida, muddati - 18 oygacha. Biznesini kengaytirishni istaganlar uchun Biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag'larni to'ldirish uchun kichik biznes subyektlariga mikrokreditlar eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda, yillik 7 foiz ustama bilan, 24 oy muddatga ajratiladi. Qolaversa, uchinchi tarafdan mol-mulk olish, unga egalik qilish va foydalanish uchun kichik biznes subyektlariga eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorida yillik 5 foiz ustama bilan, 3 yilgacha muddatga mikrolizing xizmati ko'rsatiladi. Bundan tashqari Byudjetdan tashqari, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 155.13 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:35 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 155.13 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga